Iso nonlarni olib, shukrona duosini oʻqidi. Soʻng oʻtirganlarning hammasiga tarqatdi. Baliqlarni ham xuddi shunday qildi. Odamlar istaganlaricha yedilar.
Hammalari yeb toʻyganlaridan keyin, Iso shogirdlariga shunday dedi:
— Ortib qolgan non burdalarini yigʻib olinglar, isrof boʻlmasin.