Quyosh, oy va yulduzlarda alomatlar paydo boʻladi. Dengizlar va toʻlqinlar shovqinidan xalqlar sarosimaga tushib, iztirob chekadi. Odamlar dunyoga keladigan falokatlarni koʻrib, qoʻrquvdan hushidan ketadilar. Chunki oʻshanda samoviy kuchlar larzaga keladi. Shunda hamma odam Inson Oʻgʻlini koʻradi. Inson Oʻgʻli qudratga va buyuk ulugʻvorlikka burkanib, bulutlarda keladi.