Ibtido 14
14
14–BOB
Ibrom Lutni qutqaradi
1Oʻsha paytda Shinarda#14:1 Shinar — 10:10 ning birinchi izohiga qarang. Omrafil, Elazarda Oriyox, Elamda Kadoʻrlamar va Goʻyimda Tidol hukmronlik qilar edilar. 2Ular ittifoq tuzib, quyidagi beshta shohga qarshi urush ochdilar: Sadoʻm shohi Beraga, Gʻamoʻra shohi Birshaga, Adma shohi Shinavga, Zavoʻyim shohi Shemoverga va Belax shohiga. (Belax hozir Zoʻvar deb yuritiladi.) 3Ana shu beshta shoh ittifoq tuzib, Siddim vodiysida kuchlarini birlashtirgandilar. (Siddim vodiysi hozirgi Oʻlik dengizdir#14:3 Oʻlik dengiz — ibroniycha matnda Tuz dengizi..) 4Bu shohlar oʻn ikki yil davomida Kadoʻrlamarga qaram boʻlib kelgandilar. Oʻn uchinchi yili esa unga qarshi isyon koʻtargandilar.
5Isyondan bir yil oʻtgandan keyin Kadoʻrlamar va uning ittifoqchilari lashkarlari bilan kelib, Ashtaroʻt–Karnayimdagi Rafa xalqini, Xomdagi Zuz xalqini, Xiratayim tekisligidagi Eyim xalqini, 6Seir#14:6 Seir — keyinchalik bu joy Edom deb atalgan. togʻlaridagi Xorim xalqini#14:5-6 …Rafa xalqi…Zuz xalqi…Eyim xalqi…6…Xorim xalqi… — bu xalqlar yashagan yurtlar — Iordan daryosining sharqida istiqomat qilgan Rafa xalqining yurtidan to Oʻlik dengizning janubi–gʻarbida istiqomat qilgan Xorim xalqining yurtigacha choʻzilgan edi. Rafa va Eyim xalqlari gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur edilar (Qonunlar 2:10-11, 20-21, 3:11 ga qarang). choʻlning chetidagi El–Porongacha taʼqib qilib borib, magʻlub qildilar. 7Soʻngra ular orqaga qaytib, En–Mishpat shahriga keldilar va Omoleklarning butun yerlarini, shuningdek, Xazazon–Tamarda yashayotgan Amor xalqini qoʻlga oldilar. (En–Mishpat hozir Kadesh deb yuritiladi.) 8-9Sadoʻm, Gʻamoʻra, Adma, Zavoʻyim va Belax, yaʼni Zoʻvar shohlari oʻz lashkarlarini Siddim vodiysida#14:8-9 Siddim vodiysi — yaʼni Oʻlik dengiz vodiysi (shu bobning 3–oyatiga qarang). saf torttirib, Elam shohi Kadoʻrlamarning va Goʻyim, Shinar va Elazar shohlarining lashkarlariga qarshi jangga tayyor qilib qoʻydilar. Xullas, toʻrtta shoh beshta shohga qarshi otlandi. 10Vodiyda qora saqich toʻldirilgan chuqurlar koʻp edi. Sadoʻm va Gʻamoʻra shohlari qochib ketayotganlarida, ularning jangchilari oʻsha chuqurlarga yiqilib tushdilar. Tirik qolganlari togʻlarga qochib qutulib qoldilar. 11Shunday qilib, bosqinchilar Sadoʻm va Gʻamoʻrani talon–taroj qilib, u yerdagi hamma boyliklarni, gʻamlab qoʻyilgan oziq–ovqatlarni olib, oʻz yoʻllariga ketdilar. 12Ibromning#14:12 Ibrom — 11:26 izohiga qarang. jiyani Lut Sadoʻmda yashayotgan edi. Bosqinchilar Lutni asirga olib, bor narsasini oʻlja qilib oldilar.
13Bir odam bosqinchilardan qutulib, ibroniy Ibromning yoniga qochib bordi va boʻlgan voqeani unga soʻzlab berdi. Ibrom bu paytda Amor xalqidan boʻlgan Mamre degan odamning emanzori#14:13 emanzor — yoki terebintzor. 13:18 oyatga va 12:6 ning ikkinchi izohiga qarang. yonida chodir tikkan edi. Mamre va uning Eshkoʻl, Onar degan ukalari#14:13 ukalari — yoki qarindoshlari. Ibromning ittifoqchilari edilar. 14Ibrom Lutning asirga olinganini eshitgach, oʻz xonadonidagi qurol ushlashga qodir hamma odamlarni toʻpladi. Ular 318 kishi edi. U Kadoʻrlamarning lashkari ortidan quvib, Dan shahrida#14:14 Dan shahri — Jalila koʻlidan qariyb 40 kilometr shimolda joylashgan. ularga yetib oldi. 15Ibrom oʻsha yerda odamlarini guruhlarga boʻlib, tunda har tomondan ularga hujum qildi. Kadoʻrlamarning lashkari qochdi, lekin Ibrom ularni Damashqning shimolidagi Xoʻvax shahrigacha quvlab bordi. 16Ibrom bilan uning ittifoqchilari hamma narsani — oʻlja olingan narsalarni, Ibromning jiyani Lutni va uning mol–mulkini, ayollarni va boshqa asirlarni qaytarib olib keldilar.
Maliksidiq Ibromni duo qiladi
17Ibrom Kadoʻrlamar va uning ittifoqchilari ustidan gʻalaba qilib qaytib kelayotganda, Sadoʻm shohi uni kutib olgani Shovey soyligiga keldi. (Shovey soyligi Shoh soyligi#14:17 Shoh soyligi — Qidron soyligining bir qismi boʻlib, Quddus shahridan janubi–sharqda joylashgan. deb ham atalgan.)
18Salim#14:18 Salim — Quddusning qadimgi nomi. shohi Maliksidiq ham Ibromni kutib olgani chiqib, non va sharob olib keldi. U Xudoyi Taoloning ruhoniysi ham edi. 19Maliksidiq Ibromni shunday deb duo qildi:
“Yeru koʻkni yaratgan#14:19 yaratgan — yoki ega boʻlgan. Xudoyi Taolo
Ibromga baraka bersin.
20Yovlaringni qoʻlingga bergan Xudoyi Taologa
Hamdu sanolar boʻlsin.”
Ibrom qaytarib olib kelgan hamma narsaning oʻndan birini Maliksidiqqa berdi.
21Soʻngra Sadoʻm shohi Bera Ibromga shunday dedi:
— Odamlarimni oʻzimga qaytarib bersang boʻldi, qaytarib olib kelgan hamma narsani oʻzingga olaver.
22Lekin Ibrom Sadoʻm shohiga shunday javob berdi:
— Yeru koʻkni yaratgan Egamiz — Xudoyi Taolo haqi qasam ichib aytamanki, 23men sening birorta choʻpingni yoki chorigʻingning ipini ham olmayman. Aks holda: “Ibromni men boy qilganman”, deb aytishing mumkin. 24Yigitlarimning yeb–ichganidan tashqari, men sendan hech narsa olmayman. Men bilan birga borgan ittifoqchilarim Onar, Eshkoʻl va Mamre esa oʻzlarining ulushlarini olishsin.
Currently Selected:
Ibtido 14: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: