Ibtido 17
17
17–BOB
Ahd belgisi — sunnat
1Ibrom#17:1 Ibrom — 11:26 izohiga qarang. toʻqson toʻqqiz yoshga kirganda, Egamiz unga zohir boʻlib, dedi:
— Men Qodir Xudoman. Men koʻrsatgan yoʻldan yur, har doim pokdil boʻlib yashagin. 2Men sen bilan ahd qilaman, senga juda koʻp nasllar ato qilaman.
3Ibrom yerga muk tushib taʼzim qildi. Keyin Xudo unga aytdi:
4— Sen bilan qiladigan ahdim shudir: sen koʻplab xalqlarning otasi boʻlasan. 5Endi sening ismingni oʻzgartiraman. Isming endi Ibrom emas, Ibrohim#17:5 …Ibrom…Ibrohim… — ibroniychada Ibrom ismining maʼnosi — ulugʻ ota, Ibrohim ismining maʼnosi esa — koʻpchilikning otasi. boʻladi. Chunki Men seni koʻplab xalqlarning otasi qilaman. 6Seni juda ham barakali qilaman, sendan xalqlar yarataman, sendan shohlar kelib chiqadi. 7Men senga va sendan keyingi nasllaringga bergan vaʼdamda turaman. Bu abadiy ahd boʻladi. Men doimo Sening Xudoying, sendan keyingi nasllaringning Xudosi boʻlib qolaman. 8Sen musofir boʻlib yashab turgan mana shu Kanʼon yurtining hammasini Men senga va nasllaringga abadiy mulk qilib beraman. Men ularning Xudosi boʻlaman.
9Xudo Ibrohimga yana dedi:
— Sen va sendan keyingi nasllaring avlodlar osha Men bilan qilgan ahdga rioya qilishlaringiz lozim. 10Sen va sening nasllaring rioya qilishlaringiz kerak boʻlgan ahdim quyidagichadir: orangizdagi har bir erkak sunnat qilinsin. 11Sunnat — sen bilan Mening oʻrtamizdagi ahdning belgisi boʻladi. 12Hozirdan boshlab nasllar osha xonadoningdagi har bir oʻgʻil bola tugʻilgandan keyin sakkiz kun oʻtgach, sunnat qilinsin. Bu faqat sening oila aʼzolaringgagina tegishli boʻlmay, balki xonadoningda tugʻilgan xizmatkorlaringga va sening naslingdan boʻlmagan, begonalardan sotib olgan xizmatkorlaringga ham tegishlidir. 13Xonadoningda tugʻilgan xizmatkorlaring ham, sotib olingan xizmatkorlaring ham sunnat qilinsin. Shunday qilib, Mening sen bilan qilgan ahdim abadiy ekanini tanangizdagi belgi koʻrsatib turadi. 14Sunnat qilinmagan erkak xalqim orasidan yoʻq qilinsin. U Mening ahdimni buzgan hisoblanadi.
15Xudo Ibrohimga yana aytdi:
— Xotining Sorayga kelsak, uning ismi bundan keyin Soray boʻlmasin. Hozirdan boshlab uni Sora#17:15 …Soray…Sora… — ibroniychada bu ikkala ismning maʼnosi — malika, lekin Xudo bu oyatda Sorayning ismini oʻzgartirib, kelajakda amalga oshirmoqchi boʻlgan vaʼdasiga urgʻu beradi (shu bobning 16–oyatiga qarang). Sora deb talaffuz qilinadigan bu ism Sorayga Xudoning bergan vaʼdasini doimo eslatib turardi. deb chaqir. 16Men Soraga marhamat koʻrsataman. Men undan senga oʻgʻil ato qilaman. Ha, Men Soraga shunchalik baraka beramanki, u koʻp xalqlarning onasi boʻladi. Uning nasllari orasidan shohlar chiqadi.
17Ibrohim muk tushib taʼzim qildi, keyin kulib qoʻydi–da, oʻziga oʻzi dedi: “Yuz yoshga kirgan odam bola koʻrar ekanmi?! Buning ustiga, Sora ham toʻqsonga kirdi, endi bola tugʻarmidi?!” 18Ibrohim Xudoga:
— Qaniydi, Ismoil Sening marhamating ostida yashasa, — dedi.
19— Yoʻq, xotining Sora senga oʻgʻil tugʻib beradi, — dedi Xudo. — Sen oʻgʻlingning otini Isʼhoq#17:19 Isʼhoq — ibroniychadagi maʼnosi kuladi. qoʻyasan. Men oʻgʻling bilan va uning kelgusi nasli bilan abadiy ahdimni davom ettiraman. 20Ismoil toʻgʻrisida qilgan iltimosingni ham eshitdim. Men unga baraka beraman, uning naslini haddan tashqari koʻpaytiraman. U oʻn ikki yoʻlboshchining otasi boʻladi. Undan buyuk xalq keltirib chiqaraman. 21Lekin Men Oʻz ahdimni tugʻiladigan oʻgʻling Isʼhoq bilan qilaman. Kelgusi yili xuddi shu paytda Sora senga Isʼhoqni tugʻib beradi.
22Xudo Ibrohim bilan gaplashib boʻlgach, uning yonidan ketdi.
23Oʻsha kuniyoq Ibrohim Xudo amr etganday qildi: oʻgʻli Ismoilni, xonadonida tugʻilgan xizmatkorlarini, begonalardan sotib olgan xizmatkorlarini — xonadonidagi hamma erkakni sunnat qildi. 24Ibrohim sunnat qilinganda, toʻqson toʻqqiz yoshda, 25oʻgʻli Ismoil oʻn uch yoshda edi. 26Ibrohim bilan oʻgʻli bir kunda sunnat qilindilar. 27Shunday qilib, Ibrohimning xonadonidagi jamiki erkak zoti ham u bilan birga sunnat qilindi.
Currently Selected:
Ibtido 17: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: