Ibtido 9
9
9–BOB
Xudo Nuh bilan ahd qiladi
1Xudo Nuh bilan uning oʻgʻillariga marhamat qilib, ularga dedi: “Uvali–juvali boʻlinglar, yer yuzini toʻldiringlar. 2Yer yuzidagi jamiki hayvonlar, osmondagi hamma qushlar, yerda sudralib yuruvchi jonivor va hasharotlarning hammasi, dengizdagi hamma baliqlar sizlardan qoʻrqib, hurkadigan boʻladi. Bularning hammasi ustidan sizlar hukmron boʻlasizlar. 3Oʻtni va sabzavotlarni sizlarga yemish qilib berganim singari, hamma tirik jonzotlarni ham sizlar uchun yemish qilib beraman. 4Lekin etni qoni bilan yemaysizlar. Qonda jon boʻlgani uchun Men buni taqiqlayman. 5Qotillik jazolanadi. Insonning jonini olgan insondan Men xun talab qilaman, insonni oʻldirgan har qanday hayvon oʻldirilishi lozim.
6Kimki inson qonini toʻksa,
Uning qonini ham inson toʻkar.
Zero, inson zotini Men, Xudo,
Yaratganman Oʻz suratimda.
7Barakali boʻlib koʻpayinglar, yer yuzida toʻlib–toshib, tobora ortib boringlar.”
8Xudo Nuh bilan uning oʻgʻillariga yana gapirdi: 9“Men endi sizlar bilan va sizlarning avlodingiz bilan ahd qilaman. 10Sizlar bilan kemadan chiqqan hamma tirik jonzot — qushlar, chorva, yer yuzida yashovchi hamma jonivorlar bilan ham ahd qilaman. 11Sizlar bilan qatʼiy ahd qilaman: bundan buyon barcha jonzot toʻfon tufayli qirilib ketmaydi, yer yuzini qirib bitiradigan toʻfon boshqa hech qachon boʻlmaydi, deb vaʼda beraman. 12Sizlar va jamiki tirik jonzot bilan qilayotgan abadiy ahdimning alomati shu boʻladi: 13Men bulutlar orasida Oʻz kamalagimni#9:13 …Oʻz kamalagim… — bu oyatdagi hamda shu bobning 14, 16–oyatlaridagi ibroniycha soʻz kamon soʻzini ham bildiradi. hosil qilaman. Bu kamalak Mening olam ahli bilan qilgan ahdimning alomati boʻladi. 14Men bulutlarni yer ustiga olib kelganimda, kamalak bulutlar orasida koʻrinib turadi. 15Ana oʻshanda Men Oʻzim bilan sizlar va hamma tirik jonzot oʻrtasida qilgan ahdimni yodimda tutaman. Toʻfon endi hech qachon jamiki jonzotni yoʻq qilmaydi. 16Kamalak bulutlar orasida turganda, Men kamalakni koʻrib, yer yuzidagi tirik jonzot bilan Oʻzim qilgan abadiy ahdimni yodimda tutaman.” 17Xudo yana Nuhga dedi: “Yer yuzidagi jamiki tirik jonzot bilan Men qilayotgan ahdning alomati ana shudir.”
Nuh va uning oʻgʻillari
18Nuh va uning oʻgʻillari Som, Xom va Yofas kemadan chiqishdi. Keyinroq Xom oʻgʻil koʻrib, ismini Kanʼon qoʻydi. 19Nuhning uchala oʻgʻlidan butun yer yuzidagi xalqlar tarqaldi.
20Toʻfondan keyin Nuh dehqon boʻldi va ilk bor uzumzor barpo qildi. 21Bir kuni u oʻzi tayyorlagan maydan ichdi. Mast boʻlib, chodirida yalangʻoch yotgan edi, 22Kanʼonning otasi Xom otasining yalangʻoch yotganini koʻrdi va tashqariga chiqib, akalariga aytdi#9:22 …Xom otasining yalangʻoch yotganini koʻrdi…akalariga aytdi — Xomning akalari otasini nihoyatda hurmat qilganlari uchun, uning yalangʻoch tanasiga qaramaslikka harakat qilganlar (shu bobning 23–oyatiga qarang), Xom esa, akalaridan farqli ravishda, oʻz qilmishi bilan otasini sharmanda qildi.. 23Som bilan Yofas bir kiyimni olib, yelkalariga tashladilar. Orqalari bilan chodirga kirib, otalarining yalangʻoch tanasini koʻrmaslik uchun yuzlarini teskari oʻgirib, uning ustini kiyim bilan yopib qoʻydilar. 24Nuh oʻziga kelgach, kenja oʻgʻlining#9:24 kenja oʻgʻli — shu bobning 18–oyatida Nuhning oʻgʻillari Som, Xom va Yofas, deb koʻrsatilgan. Ismlarning shu tartibda yozilishiga qaramay, bu hikoya koʻrsatib turibdiki, Xom Nuhning kenja oʻgʻil ekan. qilmishini bildi. 25Shunda Nuh dedi:
“Kanʼon#9:25 Kanʼon — nimaga Nuh Xomning oʻrniga Kanʼonni laʼnatladi? Koʻp olimlarning sharhlashicha, Xomning bunday buzuq xulq–atvori oʻgʻli Kanʼonning avlodlariga ham xos edi. Bu oyatda aytilgan bashorat kelajakda Kanʼon avlodining boshiga tushadigan hukmni bildiradi (yana 15:16 ga va oʻsha oyatning ikkinchi izohiga qarang). Keyinchalik Kanʼon xalqi axloqiy buzuqligi va butparastligi bilan tanilib, Kanʼon yurtini bosib olgan Isroil xalqi tomonidan butunlay qirib tashlanadi (Isroil xalqi Somdan kelib chiqqan, shu bobning 26–oyatiga qarang). Baʼzi olimlarning taʼkidlashicha, Xom Nuhning kenja oʻgʻli boʻlgani uchun, Nuh Xomning kenja oʻgʻli Kanʼonni laʼnatlagan edi. Baʼzi olimlar esa, Xudo yaqindagina Xomni barakalagani uchun (9:1 ga qarang) Nuh oʻgʻlini laʼnatlay olmay, Xomning oʻgʻlini laʼnatlagan edi, deb taʼkidlashadi. laʼnati boʻlsin!
Qullarning ham quli boʻlsin akalariga!#9:25 …akalariga — Som va Yofasga yoki ularning avlodlariga.”
26Nuh yana dedi:
“Somning Xudosi — Egamizga
Hamdu sanolar boʻlsin.
Kanʼon Somga qul boʻlsin!
27Xudo Yofasga moʻl yer bersin#9:27 Xudo Yofasga moʻl yer bersin… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Xudo Yofasni kengaytirsin…. Yofas ibroniychadagi kengaytirmoq soʻziga ohangdosh.,
Uning nasli Somning xalqi bilan yashasin!
Kanʼon Yofasga qul boʻlsin!”
28Nuh toʻfondan keyin 350 yil yashadi. 29U 950 yoshida olamdan oʻtdi.
Currently Selected:
Ibtido 9: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: