1
Luqo 22:42
Muqaddas Kitob
— Ey Ota! Qaniydi, bu azob kosasini Mendan uzoqlashtirsang! Ammo Mening xohishim emas, Sening xohishing bajo boʻlsin.
Compara
Explorar Luqo 22:42
2
Luqo 22:32
Biroq imondan toymasin deb, Men sen uchun ibodat qildim. Sen tavba qilib, Menga qaytganingdan keyin, birodarlaringni imonda mustahkamla.
Explorar Luqo 22:32
3
Luqo 22:19
Soʻngra nonni oldi, shukrona duosini aytib sindirdi va shogirdlariga berib dedi: — Bu non Mening tanamni bildiradi. Tanam sizlar uchun fido boʻladi. Birgalikda non sindirib yeganingizda Meni xotirlanglar.
Explorar Luqo 22:19
4
Luqo 22:20
Ovqatlanib boʻlganlaridan keyin, Iso yana sharob quyilgan kosani olib, shunday dedi: — Bu kosa Xudoning yangi ahdini bildiradi. Bu ahd sizlar uchun toʻkiladigan qonim evaziga kuchga kiradi.
Explorar Luqo 22:20
5
Luqo 22:44
Iso ogʻir iztirob ichida jon–jahdi bilan ibodat qildi. Undan oqqan ter esa yerga tomayotgan qon tomchilariga oʻxshar edi.
Explorar Luqo 22:44
6
Luqo 22:26
Sizlar esa bunday boʻlmanglar. Aksincha, orangizda kim katta boʻlsa, oʻzini eng kichikday tutsin. Kim boshliq boʻlsa, xizmatkorday boʻlsin.
Explorar Luqo 22:26
7
Luqo 22:34
Iso esa dedi: — Eh Butrus! Senga shuni aytay: bugun xoʻroz qichqirmasdan oldin sen uch marta Meni tanimasligingni aytasan.
Explorar Luqo 22:34
Inici
La Bíblia
Plans
Vídeos