Ibtido 15
15
15–BOB
Xudo Ibrom bilan ahd qiladi
1Shundan keyin Egamiz Ibromga#15:1 Ibrom — 11:26 izohiga qarang. shu soʻzlarni vahiyda ayon qildi:
— Qoʻrqma, Ibrom, Men senga qalqon boʻlaman, senga beradigan mukofotim buyuk boʻladi.
2— Ey Egam Rabbiy! Sen menga nima ham berar eding?! Men hamon befarzandman, butun mol–mulkim Damashqlik xizmatkorim Eliazarga qoladi. 3Sen menga farzand bermading, shuning uchun xonadonimda tugʻilgan qulim mening merosxoʻrim boʻladi–da.
4Lekin Ibromga Egamiz yana shu soʻzlarni ayon qildi:
— Yoʻq, quling sening merosxoʻring boʻlmaydi, oʻzingning pushti kamaringdan boʻladigan oʻgʻling sening hamma mol–mulkingga merosxoʻr boʻladi.
5Soʻngra Egamiz Ibromni tashqariga olib chiqib, unga:
— Osmonga qara, agar yulduzlarni sanay olsang, sanab koʻr, — dedi.
Egamiz yana aytdi:
— Sening nasling ham oʻsha yulduzlarga oʻxshagan koʻp boʻladi.
6Ibrom Egamizga ishondi, Egamiz uni ishonchi uchun solih deb bildi.
7Soʻngra Egamiz unga dedi:
— Men sening Egangman, bu yurtni senga mulk qilib bermoqchiman, shuning uchun seni Xaldeydagi Ur shahridan#15:7 Xaldeydagi Ur shahri — 11:28 izohiga qarang. olib chiqqanman.
8— Ey Egam Rabbiy! Bu yurtni meros qilib olishimga qanday ishonch hosil qilaman? — deb soʻradi Ibrom.
9— Menga uch yoshli gʻunajin, uch yoshli echki, uch yoshli qoʻchqor, kaptar, musichani olib kel, — dedi Egamiz.
10Egamiz nima aytgan boʻlsa, hammasini Ibrom olib kelib, soʻydi. Hayvonlarni uzunasiga oʻrtasidan boʻlib, boʻlaklarni bir–biriga qaratib qoʻydi. Lekin qushlarni ikkiga boʻlmadi. 11Quzgʻunlar goʻshtlarni yeyish uchun qoʻnganda, Ibrom quzgʻunlarni haydadi.
12Quyosh botayotganda, Ibromni qattiq uyqu bosdi. Uni qoʻrquv, vahima qamrab oldi. 13Shunda Egamiz Ibromga aytdi:
— Shuni yaxshi bilib qoʻyki, sening nasling begona yurtda musofir boʻlib yashaydi. Toʻrt yuz yil qul boʻlib, jabr–zulm tortadi. 14Lekin Men sening naslingni qul qilgan xalqni jazolayman. Sening nasling begona yurtdan katta boylik bilan chiqib ketadi. 15Sen juda ham keksayib olamdan oʻtib, dafn etilasan, ota–bobolaring yoniga xotirjam ketasan. 16Sening nasling toʻrt avlod oʻtgandan keyin#15:16 …toʻrt avlod oʻtgandan keyin… — mana bu soʻzlar shu bobning 13–oyatida aytib oʻtilgan toʻrt yuz yilga ishora qilishning boshqa bir uslubi. bu yerga qaytib keladi, chunki Amor xalqlarining qabihligi hali haddan oshmadi#15:16 …chunki Amor xalqlarining qabihligi hali haddan oshmadi — Eski Ahdning baʼzi joylarida Kanʼon yurtida istiqomat qilgan barcha xalqlarga nisbatan Amor xalqlari degan nom ishlatilgan. Keyinchalik Xudo Isroil xalqi orqali Kanʼon aholisini qilgan qabihliklari uchun jazolaydi, biroq jazolashning vaqt–soati hali yetib kelmagan edi (yana 9:25 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang)..
17Quyosh botib, qorongʻi tushgandan keyin, Ibrom ichidan tutun chiqib turgan togʻorani va yonayotgan mashʼalani koʻrdi. Oʻsha togʻora va mashʼala boʻgʻizlangan hayvon boʻlaklari orasidan oʻtdi#15:17 …ichidan tutun chiqib turgan togʻorani va yonayotgan mashʼalani koʻrdi…boʻgʻizlangan hayvon boʻlaklari orasidan oʻtdi — tutun va olov Egamizning oʻsha yerda zohir boʻlganini anglatadi. Boʻgʻizlangan hayvon boʻlaklarining maʼnosi bahsli. Baʼzi olimlarning taxmini boʻyicha, hayvonlarning boʻlaklanishi biror kishining ont ichib, vaʼda berishga aloqador boʻlgan urf–odat. Ikkiga boʻlingan hayvonlarning orasidan oʻtadigan odam: “Agar oʻz vaʼdamda turmasam, men ham mana shu hayvonlarday boʻlaklanay”, deb ont ichayotganday boʻladi. Boshqa olimlarning taxmini boʻyicha esa, bu hayvonlar Ibrohimning avlodi boʻlgan Isroil xalqining timsoli. Xudo ikkiga boʻlaklangan hayvonlarning orasidan oʻtib, Ibrohimning avlodi bilan birga boʻlishini vaʼda qiladi. Xudo ularni Misrga oʻxshagan qudratli ajnabiy shohliklardan asraydi. Ibrohimning quzgʻunlarni haydashi mana shuning ramzidir (shu bobning 11-14–oyatlariga qarang).. 18Shunday qilib, oʻsha kuni Egamiz Ibrom bilan ahd qildi va shunday dedi:
— Men sening naslingga Misrdagi daryodan#15:18 Misrdagi daryo — Sinay yarim orolining shimoli–sharqidagi Arish soyligi yoki Nil daryosining sharqiy irmogʻi nazarda tutilgan (yana Sahroda 34:5 va Yoshua 13:3, 15:4, 47 ga qarang). tortib buyuk Furot daryosigacha boʻlgan joylarni 19— Xayin, Xanaz, Kadmon, 20Xet, Pariz, Rafa, 21Amor, Kanʼon, Girgosh, Yobus xalqlarining yerlarini beraman.
S'ha seleccionat:
Ibtido 15: O‘zbMK
Subratllat
Comparteix
Copia
Vols que els teus subratllats es desin a tots els teus dispositius? Registra't o inicia sessió
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: