Ibtido 16

16
16–BOB
Hojar va Ismoil
1Ibromning#16:1 Ibrom — 11:26 izohiga qarang. xotini Soray#16:1 Soray — 11:29 izohiga qarang. hamon bola koʻrmas edi. Soray Misrlik Hojar degan bir ayolni choʻri qilib olgan edi. 2Bir kuni Soray Ibromga aytdi:
— Egamiz meni farzanddan qisdi. Endi choʻrimning yoniga kiravering. Balki u orqali farzandli boʻlarman#16:2 …u orqali farzandli boʻlarman — qadimgi paytlarda farzand koʻra olmagan xotin eriga oʻz choʻrilaridan birini xotinlikka berishi odat edi. Choʻridan tugʻilgan bolalar bekasining bolalari hisoblanar edi..
Ibrom Sorayning taklifiga rozi boʻldi. 3Shunday qilib, Ibromning xotini Soray Misrlik choʻrisi Hojarni eriga xotin#16:3 xotin — Hojar Ibromning choʻri xotini boʻlib, uning oiladagi oʻrni Soraynikidan ancha past edi. Agar Hojar Ibromga merosxoʻr tugʻib bersa, boshqalarning nazarida u asosiy xotinga aylanar edi. qilib olib berdi. Bu voqea yuz berganda, Ibrom Kanʼon yurtiga kirganiga oʻn yil boʻlgan edi. 4Ibrom Hojarning yoniga kirdi. Hojar homilador boʻldi. Hojar homiladorligini bilgach, bekasi Sorayni nazar–pisand qilmay qoʻydi. 5Shunda Soray Ibromga dedi:
— Choʻrimga imtiyoz berib, oʻzim uni sizning qoʻyningizga solib qoʻydim. Endi u homilador boʻlib, meni nazariga ilmay qoʻydi–ya. Bularning hammasiga siz aybdorsiz!#16:5 Bularning hammasiga siz aybdorsiz! — yoki Menga qilingan bunday nohaqlik uchun boshingiz balodan chiqmasin. Xudoga soldim, qay birimizning haq ekanimizni Xudo hal qilsin!
6Ibrom Sorayga:
— Hozir ham u sening choʻring, unga istaganingni qilaver, — deb javob berdi. Soray Hojarga shunaqangi shafqatsizlik qildiki, Hojar qochib ketishga majbur boʻldi.
7Egamizning farishtasi sahrodagi buloq yonida — Shurga#16:7 Shur — Misrning sharqiy chegarasidagi joy. Hojar Misrlik edi (shu bobning 1–oyatiga qarang). boradigan yoʻl boʻyida Hojarni topdi.
8— Ey Hojar, Sorayning choʻrisi! Qayerdan kelib, qayerga ketyapsan? — deb soʻradi.
— Bekam Soraydan qochib kelyapman, — deb javob berdi Hojar.
9— Bekangning yoniga qayt, unga itoat et, — dedi Egamizning farishtasi Hojarga. 10— Sening naslingni shu qadar koʻp qilamanki, koʻpligidan hech kim sanay olmaydi.
11Egamizning farishtasi Hojarga yana gapirdi:
“Sen homiladorsan va tuqqaysan oʻgʻil,
Egamiz eshitdi jafolaringni,
Uning ismini qoʻygaysan Ismoil#16:11 Ismoil — ibroniychadagi maʼnosi Xudo eshitadi yoki Xudo eshitsin..
12Oʻgʻling boʻlgʻay asov eshakday,
Uning qoʻli koʻtarilgay hammaga qarshi
Va hammaning qoʻli — unga qarshi,
Qarindoshlari bilan dushman boʻlib yashagay#16:12 …Qarindoshlari bilan dushman boʻlib yashagay — yoki …Qarindoshlaridan boʻlak boʻlib yashagay yoxud …Qarindoshlaridan sharqda yashagay..”
13Hojar: “Meni koʻradigan Xudoni koʻrdim–a!”#16:13 “Meni koʻradigan Xudoni koʻrdim–a!” — yoki “Nahotki Xudoni koʻrganimdan keyin tirik qolgan boʻlsam!” dedi. Shuning uchun u oʻziga gapirgan Egamizga: “Meni koʻradigan Xudosan”#16:13 “Meni koʻradigan Xudosan” — yoki “Men koʻrgan Xudo Sensan”. deb nom berdi. 14Shuning uchun bu quduqqa Ber–Laxay–Ruy#16:14 Ber–Laxay–Ruy — ibroniychadagi maʼnosi meni koʻrib turgan tirik Xudoning qudugʻi. deb nom berilgan. Quduq Kadesh bilan Barid orasida joylashgan.
15Hojar Ibromga oʻgʻil tugʻib berdi, Ibrom bu bolaga Ismoil deb ism qoʻydi. 16Bu paytda Ibrom sakson olti yoshda edi.

S'ha seleccionat:

Ibtido 16: O‘zbMK

Subratllat

Comparteix

Copia

None

Vols que els teus subratllats es desin a tots els teus dispositius? Registra't o inicia sessió