Ibtido 20
20
20–BOB
Ibrohim va Abumalek
1Ibrohim bu yerdan koʻchib, janubga — Nagav choʻli#20:1 Nagav choʻli — 12:9 izohiga qarang. tomonga yoʻl oldi va Kadesh bilan Shur oraligʻida joylashdi. Keyinroq Garorga#20:1 Garor — Kanʼonning janubi–gʻarbidagi shahar, Oʻlik dengizdan qariyb 80 kilometr gʻarbda joylashgan. ketdi. U yerda bir oz yashadi.
2Ibrohim bu yerdagi odamlarga xotini Sorani, u mening singlim, deb aytar edi. Garor shohi Abumalek odam yuborib, Sorani saroyiga oldirib keldi.
3Abumalek kechasi tush koʻrdi. Tushida Xudo zohir boʻlib, unga dedi: “Sen mana shu xotinni olganing uchun oʻlasan, chunki uning eri bor.” 4Lekin Abumalek hali Soraga yaqinlashmagan edi.
— Yo Rabbiy! — dedi Abumalek. — Men begunohman–ku! Endi begunoh odamni ham oʻldiraverasanmi? 5Ibrohim menga, u mening singlim, dedi–ku! Ayolning oʻzi ham, Ibrohim — mening akam, dedi. Men bu ishni pok koʻngil bilan qildim.
6Xudo Abumalekka tushida yana dedi:
— Sening pok koʻngilli ekaningni bilaman. Shu sababdan Menga qarshi gunoh qilishdan seni saqladim. Soraga tegishingga yoʻl qoʻymadim. 7Endi sen bu ayolni eriga qaytarib ber. Uning eri — paygʻambar, sen uchun ibodat qiladi. Shunda sen tirik qolasan. Agar bu ayolni eriga qaytarib bermasang, shuni bilib qoʻyki, oʻzing ham, butun oila aʼzolaring ham oʻlasizlar.
8Ertasi kuni saharda Abumalek hamma aʼyonlarini chaqirib, ularga boʻlgan voqeani aytib berdi. Hammalari qattiq vahimaga tushdilar. 9Keyin Abumalek Ibrohimni chaqirtirib, unga dedi:
— Bizni nima qilib qoʻyding? Senga qarshi qanday gunoh qilibman–a?! Men ham, shohligim ham shunchalik ogʻir gunohga botishiga sen sababchi boʻlding! Sen menga hech kim hech qachon qilmasligi kerak boʻlgan ishni qilding.
10Abumalek Ibrohimdan:
— Nimani oʻylab bu ishni qilding? — deb soʻradi.
11— Bu yerda hech kim Xudodan qoʻrqmaydi, xotinimni tortib olish uchun meni oʻldiradilar, deb oʻyladim, — dedi Ibrohim. 12— Buning ustiga, u haqiqatan ham mening singlim, otamiz bir, lekin onamiz boshqa–boshqa boʻlgani uchun unga uylanganman. 13Xudo meni otamning xonadonidan begona yurtlarga sayohatga olib ketganda, xotinimga shunday degan edim: “Qayerga borsak ham, men toʻgʻrimda gapirganingda, u mening akam, deb aytgin. Shunda menga sodiqligingni koʻrsatgan boʻlasan.”
14Shundan keyin Abumalek mol–qoʻyidan, qul va choʻrilaridan Ibrohimga berdi. Xotini Sorani ham qaytarib berdi.
15— Mana, shohligimga qarashli yerlar qarshingda turibdi, — dedi Abumalek. — Qayerda yashashni xohlasang, oʻsha joyni tanlab olaver.
16Soraga esa shunday dedi:
— Mana, akangga ming boʻlak kumushni#20:16 ming boʻlak kumush — taxminan 11 kiloga toʻgʻri keladi. Qadimgi paytlarda maʼlum vazndagi kumush boʻlaklari odatda pul sifatida ishlatilgan. tovon qilib toʻlayapman. Bu kumushlar yoningdagilarga sening pokligingni isbotlaydi#20:16 Bu kumushlar…pokligingni isbotlaydi — Abumalek shunchalik moʻl inʼom berib, boshqalarga Sorayning nomusiga tegmaganligini koʻrsatmoqchi..
17-18Xudo Sora tufayli Abumalekning xonadonidagi hamma ayolni tugʻmaydigan qilib qoʻygan edi. Ibrohim Xudoga ibodat qildi. Xudo Abumalekka shifo berdi, shuningdek, uning xotini va choʻrilariga ham shifo berib, ularni tugʻadigan qildi.
S'ha seleccionat:
Ibtido 20: O‘zbMK
Subratllat
Comparteix
Copia
Vols que els teus subratllats es desin a tots els teus dispositius? Registra't o inicia sessió
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020