Ibtido 3
3
3–BOB
Odam Ato va Momo Havo gunoh qiladi
1Parvardigor Egamiz hamma yovvoyi hayvonlarni ham yaratgan edi. Oʻsha hayvonlar orasida ancha ayyori ilon edi. Ilon xotindan:
— Haqiqatan ham Xudo, bogʻdagi bironta daraxtning mevasidan yemanglar, deb aytdimi? — deb soʻradi.
2Xotin ilonga:
— Yoʻgʻ–e, biz bogʻdagi hamma daraxtlarning mevasidan yeyishimiz mumkin, — deb javob berdi. 3— Lekin Xudo, bogʻ oʻrtasidagi daraxtning mevasidan yemanglar ham, tegmanglar ham, aks holda, oʻlasizlar, deb aytgan.
4Ilon esa xotinga:
— Yoʻq, oʻlmaysizlar, — dedi. 5— Chunki Xudo biladiki, sizlar bu mevalardan yesangiz, koʻzlaringiz ochilib, sizlar ham barcha yaxshi va yomon narsalarni biladigan boʻlib, Xudoga#3:5 Xudo — yoki xudolar yoxud ilohiy mavjudotlar. oʻxshab qolasizlar.
6Xotin qarasaki, oʻsha daraxt koʻzga chiroyli koʻrinadi, mevalari juda yeyishli ekan. Xotin: “Qaniydi mevalar menga donolik ato qilsa”, deb orzu qildi. U daraxtning mevasidan olib yedi, keyin yonida turgan eriga ham berdi. Eri ham yedi. 7Oʻsha zahoti ikkovining ham koʻzlari ochilib, ular yalangʻoch ekanliklarini angladilar, anjir barglarini sonlari atrofiga tizib, oʻzlariga yopinchiq yasadilar.
8Oqshom payti shabada esib turganda, odam va xotini bogʻda Parvardigor Egamizning yurganini bildilar. Ular Parvardigor Egamizning nazaridan qochib, bogʻdagi daraxtlar orasiga yashirindilar. 9Parvardigor Egamiz:
— Qayerdasan? — deb odamni chaqirdi. 10Odam:
— Men bogʻda yurganingni bildim–u, yalangʻoch boʻlganim uchun qoʻrqib, yashirindim, — dedi.
11— Yalangʻoch ekaningni senga kim aytdi? — deb soʻradi Xudo. — Yoki Men, yemanglar, deb amr etgan daraxtning mevasidan yedingmi?
12Odam javob berdi:
— Oʻzing menga bergan xotin oʻsha daraxtning mevasidan menga berdi, men ham yedim.
13Shunda Parvardigor Egamiz xotinga:
— Bu nima qilganing? — dedi.
— Ilon meni aldadi, men mevadan yedim, — dedi xotin.
Xudo hukm qiladi
14Parvardigor Egamiz ilonga shunday dedi:
“Shu qilmishlaring uchun
Laʼnati boʻlgaysan barcha jonzotlar orasida
Va jamiki yovvoyi hayvonlar orasida.
Qorning bilan sudralib yurgaysan,
Umring boʻyi tuproq yegaysan.
15Dushmanlik paydo qilaman sen bilan xotin oʻrtasida,
Sening zoting bilan uning zoti orasida.
Uning zoti ezib tashlaydi sening boshingni,
Sen chaqib olasan uning tovonini.”
16Xotinga esa shunday dedi:
“Homiladorligingda gʻoyat azob beraman,
Mashaqqat ila bola tugʻasan.
Ammo eringni qoʻmsayverasan,
Ering esa hokim boʻladi sening ustingdan.”
17Parvardigor Egamiz odamga shunday dedi:
“Xotiningning gapiga kirganing uchun,
Men, yema, deb taqiqlagan mevani yeganing uchun
Sen tufayli yerni laʼnati qildim.
Butun umring boʻyi timdalab yerni,
Yerdan oʻtkazasan tirikchiligingni.
18Yerning hosili yemishing boʻlsa ham,
Yer sen uchun tikanlaru qushqoʻnmas#3:18 qushqoʻnmas — mayda tikanli yovvoyi oʻt. oʻstiradi.
19Sen tuproqdan yaralgansan,
To tuproqqa qaytguningga qadar,
Peshana tering bilan non yeysan.
Zero, sen tuproqdirsan
Va tuproqqa qaytasan.”
20Xotin jamiki insonlarning onasi boʻlgani uchun, Odam Ato#3:20 Odam Ato — ibroniycha matnda odam. Ibroniycha matnda odam va Odam Ato uchun bir soʻz ishlatilgan. Bu oyatdan boshlab matnda bu soʻz Odam Atoga nisbatan ishlatilganda ism sifatida tarjima qilingan. unga Momo Havo#3:20 Momo Havo — bu ism ibroniychadagi tiriklar soʻziga ohangdosh. Mazkur oyatda shu ibroniycha tiriklar soʻzi insonlar deb tarjima qilingan. deb ism berdi. 21Odam Ato va uning xotini uchun Parvardigor Egamiz teridan kiyim–kechak yasab, ularni kiyintirib qoʻydi.
Odam Ato va Momo Havo Adan bogʻidan quviladilar
22Keyin Parvardigor Egamiz shunday dedi: “Mana, inson hamma narsani — yaxshilik va yomonlikni bilib, Bizga oʻxshab qoldi. Endi u qoʻlini uzatib, hayot daraxti mevasidan ham olmasin, mevani yeb, abadiy yashaydigan boʻlib qolmasin.” 23Shu sababdan Parvardigor Egamiz Odam Atoni va Momo Havoni Adan bogʻidan chiqarib yubordi. U Odam Atoni yerning tuprogʻidan yasagan edi, unga endi oʻsha yerni ishlashga berdi. 24U Odam Atoni haydab yuborgandan keyin, hayot daraxtiga boradigan yoʻlni qoʻriqlash uchun Adan bogʻining sharq tomoniga karublarni#3:24 karublar — qanotli samoviy mavjudotlar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi KARUB, KARUBLAR soʻziga qarang. va doimo aylanib turadigan alangali qilichni oʻrnatdi.
S'ha seleccionat:
Ibtido 3: O‘zbMK
Subratllat
Comparteix
Copia
Vols que els teus subratllats es desin a tots els teus dispositius? Registra't o inicia sessió
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: