Ibtido 1
1
1–BOB
Dunyo yaratilishining tarixi
1Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi#1:1 Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi — bu oyat yaratilish hikoyasining kirish qismidir. Ushbu bobning 3-31–oyatlarida bayon etilgan Xudoning olti kun davomidagi yaratish faoliyati bu oyatda qisqacha oʻz ifodasini topgan. Ibroniychadagi osmon bilan yer jumlasi butun dunyoni va undagi barcha borliqni bildiradi.. 2Yer shaklsiz va boʻm–boʻsh boʻlib, tubsiz dengizlar ustini zulmat qoplagan edi. Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi#1:2 Yer shaklsiz va boʻm–boʻsh boʻlib…Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi — Xudo shu bobning 3–oyatida gapirishni boshlaganda, dunyoning ahvoli qandayligi mana shu oyatda tasvirlangan. Mazkur bobning 3-31–oyatlarida Xudo borliqni tartibga solganligi va dunyoga hayot berganligi haqida soʻz yuritiladi..
3Xudo: “Yorugʻlik boʻlsin”, deb amr bergan edi, yorugʻlik paydo boʻldi. 4Xudo yorugʻlikning ajoyib ekanini koʻrib, yorugʻlikni qorongʻilikdan ajratdi. 5Xudo yorugʻlikni kunduz, qorongʻilikni tun deb atadi. Kech kirib, tong otdi#1:5 Kech kirib, tong otdi — qorongʻilik (tun) va yorugʻlik (kunduz) vaqtiga ishora qiluvchi sheʼriy jumla. Qadimda Isroil xalqining urf–odatiga koʻra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanib, keyingi kuni quyosh botguncha davom etar edi. Bu jumla yana shu bobning 8, 13, 19, 23 va 31–oyatlarida ishlatilgan.. Birinchi kun oʻtdi.
6Soʻng Xudo: “Suvlarni bir–biridan ajratib turadigan gumbaz paydo boʻlsin”, deb amr qildi. 7Shunday ham boʻldi: Xudo gumbazni yaratib, gumbazning ostidagi suvlardan gumbaz ustidagi suvlarni ajratdi#1:7 …gumbazni yaratib, gumbazning ostidagi suvlardan gumbaz ustidagi suvlarni ajratdi — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga koʻra, osmon ulkan shisha gumbazga oʻxshar edi, bu gumbaz osmondagi suvlarni ushlab turardi. Gumbaz ostidagi suvlar bu oyatda yer sathini qoplab turgan buyuk dengiz suvlarini bildiradi (shu bobning 2–oyatiga qarang).. 8Xudo gumbazga osmon deb nom berdi. Kech kirib, tong otdi. Ikkinchi kun oʻtdi.
9Keyin Xudo: “Osmon ostidagi suvlar bir joyga toʻplanib, quruq yer paydo boʻlsin”, deb amr qildi. Shunday ham boʻldi. 10Xudo quruqlikka yer deb nom berdi. Bir joyga yigʻilgan suvlarni esa dengizlar deb atadi. Xudo buning ajoyib ekanini koʻrdi.
11Soʻngra Xudo shunday amr berdi: “Yerda oʻt–oʻlan koʻkarsin. Don beradigan har xil oʻsimliklar, danagi bor har xil mevali daraxtlar oʻssin.” Shunday ham boʻldi. 12Yerda oʻt–oʻlan koʻkardi, don beradigan har xil oʻsimliklar, danagi bor har xil mevali daraxtlar oʻsdi. Xudo bularning ham ajoyib ekanini koʻrdi. 13Kech kirib, tong otdi. Uchinchi kun oʻtdi.
14Keyin Xudo shunday amr qildi: “Kunduzni tundan ajratish uchun osmon gumbazida yoritqichlar paydo boʻlsin. Bular kunlarning, yillarning, nishonlanadigan bayramlarning#1:14 nishonlanadigan bayramlar — ibroniycha matnda belgilangan vaqtlar. Dehqonchilik mavsumlariga oid bayramlarga ishora. Bu ibroniycha iborani belgilangan fasllar deb tarjima qilsa ham boʻladi. vaqtini koʻrsatsin. 15Bu yoritqichlar osmon gumbazida nur sochib, yerga yorugʻlik bersin.” Shunday ham boʻldi. 16Xudo ikkita katta yoritqichni — quyosh va oyni yaratdi: kunduzi nur sochib turishi uchun kattaroq yoritqich — quyoshni, tunda nur sochib turishi uchun kichikrogʻi — oyni yaratdi. Shuningdek, Xudo yulduzlarni ham yaratdi. 17-18Bu yoritqichlar yerga yorugʻlik bersin, kunduz va tun ustidan hukmronlik qilsin, yorugʻlikni qorongʻilikdan ajratib tursin deb, Xudo bularni osmon gumbaziga joylashtirdi. Xudo buning ajoyib ekanini koʻrdi. 19Kech kirib, tong otdi. Toʻrtinchi kun oʻtdi.
20Keyin Xudo shunday amr berdi: “Suv har xil tirik jonivorlar bilan toʻlib–toshsin, qushlar paydo boʻlib, havoda parvoz qilsin.” 21Shunday qilib, Xudo bahaybat dengiz maxluqlarini va suvda suzuvchi turli–tuman jonivorlarni, har turli qushlarni yaratdi. Xudo buning ham ajoyib ekanini koʻrdi. 22Shunda Xudo bularning hammasiga marhamat qilib dedi: “Baliqlar va qushlar serpusht boʻlib, koʻpaysin. Dengizlar baliqlar bilan toʻlib–toshsin, yer uzra qushlar koʻpaysin.” 23Kech kirib, tong otdi. Beshinchi kun oʻtdi.
24Soʻngra Xudo: “Yer turli–tuman jonzotlarni — chorvani, sudralib yuruvchi jonivorlarni#1:24 sudralib yuruvchi jonivorlar — shu ibora bilan tarjima qilingan ibroniycha soʻz yerda sudralib yuradigan va yer ostiga uya qurib yashaydigan mayda jonivorlarni, sudralib yuruvchilarni va hasharotlarni bildiradi., har turli yovvoyi hayvonlarni paydo qilsin”, deb amr berdi. Shunday ham boʻldi. 25Xudo har turli yovvoyi hayvonlarni, chorvaning har xil turlarini, yer yuzida sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har xil turlarini yaratdi. Xudo buning ajoyib ekanini koʻrdi.
26Keyin Xudo shunday dedi: “Endi inson zotini yarataylik, ular Oʻz suratimizday, Oʻzimizga oʻxshagan boʻlsin#1:26 Endi inson zotini yarataylik, ular Oʻz suratimizday, Oʻzimizga oʻxshagan boʻlsin — Xudo odamni Oʻz suratiday, Oʻziga oʻxshash qilib yaratgan. U yaratgan boshqa narsalarga qaraganda, odam yaqqol ajralib turadi. Inson zotining yaratilishi yaratilish hikoyasining choʻqqisi hisoblanadi.. Inson zoti dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlar, yer yuzidagi chorva hamda jamiki yovvoyi hayvonlar#1:26 …yer yuzidagi chorva hamda jamiki yovvoyi hayvonlar… — qadimiy suryoniycha tarjimadan. Ibroniycha matnda …chorva, butun yer yuzi…., yerda sudralib yuruvchi har qanday jonivor va hasharotlar ustidan hukmronlik qilsin.” 27Shunday qilib,
Xudo Oʻz suratiday qilib yaratdi inson zotini,
Erkagu ayol qilib yaratdi ularni.
28Xudo insonlarga marhamat qilib, aytdi: “Uvali–juvali boʻlinglar, yer yuzini toʻldirib, itoat ettiringlar, dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlaru yer yuzida yashovchi har turli jonivorlar ustidan hukmronlik qilinglar.” 29Xudo yana aytdi: “Mana, sizlarga butun yer yuzidagi har xil donli oʻsimliklarni va mevali daraxtlarni berdim. Sizlar bulardan yegulik uchun foydalanasizlar. 30Yer yuzidagi jamiki tirik jonzotga — hamma hayvonlarga, hamma qushlarga yemish qilib koʻk oʻt–oʻlanni berdim.” Shunday ham boʻldi. 31Xudo Oʻzi yaratgan hamma narsaga nazar soldi. Bular juda ajoyib edi. Kech kirib, tong otdi. Oltinchi kun oʻtdi.
Currently Selected:
Ibtido 1: O‘zbMK
Tya elembo
Share
Copy
Olingi kobomba makomi na yo wapi otye elembo na baapareyi na yo nyonso? Kota to mpe Komisa nkombo
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: