Ibtido 10

10
10–BOB
Nuhdan tarqalgan dunyo xalqlari
1Nuhning oʻgʻillari Som, Xom va Yofas toʻfondan keyin oʻgʻillar koʻrdilar. Ularning nasl–nasabi va ulardan kelib chiqqan xalqlar#10:1 Ularning nasl–nasabi va ulardan kelib chiqqan xalqlar… — bu roʻyxatda berilgan nomlarning baʼzilari Som, Xom va Yofas avlodidan kelib chiqqan maʼlum insonlarga, baʼzi nomlar esa ulardan kelib chiqqan xalqlarga tegishlidir. Roʻyxatda xalqlar oʻrnashgan yurtlarning nomlari ham keltirilgan. tarixi quyidagichadir:
Yofasdan kelib chiqqan xalqlar
2Yofas nasli: Goʻmer, Magoʻg, Moday, Yovon, Tuval, Meshex, Tiros va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
3Goʻmer nasli: Ashkanoz, Rifat, Toʻxarmo va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
4Yovon nasli: Elishox, Tarshish, Kit, Roʻdon#10:4 Roʻdon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Doʻdon. Uning Roʻdon degan shakli 1 Solnomalar 1:7 dan olingan. va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 5Yovon nasli dengiz boʻylariga tarqalib joylashdi.
Ular#10:5 Ular — shu bobning 2-4–oyatlarida aytib oʻtilgan Yofasning nasli nazarda tutilgan. Baʼzi tarjimalar Yofasning nasli ana shulardan iborat edi degan iborani gapning boshiga qoʻshadi, chunki shunga oʻxshash gap shu bobning 20, 31–oyatlarida ishlatilgan. Ibroniycha matnda aynan shu maʼno nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. har xil qabilalarga va yurtlarga boʻlindilar, har bir qabilaning oʻz tili bor edi.
Xomdan kelib chiqqan xalqlar
6Xom nasli: Kush#10:6 Kush — Misrdan janubda oʻrnashgan xalqning bobokaloni edi. Ibroniycha matndagi bu soʻz odatda Habashiston deb tarjima qilinadi. Qadimgi Habashiston hududi hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining baʼzi qismlarini oʻz ichiga olgan., Mizra#10:6 Mizra — Misr xalqining bobokaloni edi. Ibroniycha matndagi bu soʻz odatda Misr deb tarjima qilinadi., Fut, Kanʼon va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
7Kush nasli: Savo, Xavila, Sabto, Ramo, Sabtaxo va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
Ramo nasli: Shava, Dedon va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
8Kushning naslida yana Nimroʻd degani ham bor edi. Nimroʻd yer yuzidagi birinchi buyuk jangchi edi. 9Egamizning nazarida u shu qadar buyuk ovchi ediki, uning ismi hikmat boʻlib qoldi. Odamlar mohir ovchi haqida gapirganda: “Egamizning nazaridagi Nimroʻdga oʻxshagan buyuk ovchi” deb aytadigan boʻlishdi. 10Nimroʻd shohligining ilk markazi Shinar yeridagi#10:10 Shinar yeri — Mesopotamiyadagi, yaʼni Dajla va Furot daryolari orasida joylashgan yerlardagi bir hududning qadimgi nomi. Keyinchalik bu hududda Bobil shohligi barpo boʻlgan. Bobil, Erax, Akkad shaharlarining hammasini#10:10 …shaharlarining hammasini… — yoki …Kalney shaharlarini…. oʻz ichiga olgan edi. 11Nimroʻd oʻsha yerdan Ossuriyaga borib#10:11 Nimroʻd oʻsha yerdan Ossuriyaga borib… — yoki Oshur oʻsha yerdan chiqib… (Oshur Ossuriya xalqining bobokaloni edi)., Naynavo#10:11 Naynavo — Nineviya nomi bilan ham maʼlum., Rexoboʻt–Ir, Kolax, 12Rasan shaharlarini qurdirdi. Rasan shahri Kolax va buyuk Naynavo shaharlari orasida joylashgan edi.
13Mizra nasli: Lud, Onom, Laxov, Naftux, 14Patroʻs, Kasluv, Xaftoʻr va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Kasluvdan Filist xalqi kelib chiqdi#10:14 Kasluvdan Filist xalqi kelib chiqdi — ibroniycha matndan. Eski Ahdning baʼzi joylarida, Filist xalqi Xaftoʻrdan kelib chiqqan, deb yozilgan (Yeremiyo 47:4, Amos 9:7 ga qarang). Shu bois, baʼzi tarjimalarda Kasluv oʻrniga Xaftoʻr soʻzi ishlatilib Xaftoʻrdan Filist xalqi kelib chiqdi deb aytilgan. Oyatdan koʻrinib turibdiki, Kasluv va Xaftoʻr qondosh xalqlar boʻlgan. Filistlar Kasluv xalqi istiqomat qilgan yerlardan kelib chiqib, keyinchalik Xaftoʻrda, yaʼni hozirgi Krit orolida oʻrnashgan boʻlishlari mumkin. Kasluv xalqi haqida deyarli hech qanday maʼlumot saqlanib qolmagan..
15Kanʼon nasli: Kanʼonning toʻngʻich oʻgʻli Sidon, Xet va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 16Kanʼondan Yobus, Amor, Girgosh, 17Xiv, Oruq, Sin, 18Arvod, Zamar va Xomat xalqlari ham kelib chiqdi.
Natijada Kanʼon urugʻlari chegaradan tashqariga tarqalib ketdi. 19Kanʼonning chegaralari shimoldagi Sidondan boshlab Garor tomonga — janubdagi Gʻazogacha, soʻngra sharqdagi Sadoʻm, Gʻamoʻra, Adma, Zavoʻyim tomonga — to Leshagacha choʻzilgan edi.
20Xomning nasli ana shulardan iborat edi. Ular har xil qabilalarga va yurtlarga boʻlindilar, har bir qabilaning oʻz tili bor edi.
Somdan kelib chiqqan xalqlar
21Yofasning akasi Som ham farzandlar koʻrdi. U jamiki Ibir#10:21 Ibir — ehtimol, ibroniy soʻzi shu soʻzdan hosil boʻlgan. Ibroniy soʻzi millat maʼnosida dastlab Ibrohimga va uning nasliga nisbatan qoʻllanilgan (14:13, 39:14,17, 40:15, 41:12, 43:32 ga qarang). naslining ota–bobosi boʻldi.
22Som nasli: Elam, Oshur, Arpaxshod, Lud, Oram va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
23Oram nasli: Uz, Xul, Geter, Meshex#10:23 Meshex — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Mash. Uning Meshex degan shakli 1 Solnomalar 1:17 dan olingan. va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
24Arpaxshodning Shilax degan oʻgʻli#10:24 Arpaxshodning Shilax degan oʻgʻli… — aslida Shilax Arpaxshodning nabirasi edi (Luqo 3:35-36 ga qarang). Ibroniychada oʻgʻil soʻzi nasl maʼnosida ham ishlatiladi. bor edi. Shilaxning Ibir degan oʻgʻli bor edi. 25Ibir ikki oʻgʻil koʻrdi: birinchisining ismini Palax qoʻydi, chunki uning davrida dunyo boʻlinib ketdi#10:25 …Palax…davrida dunyo boʻlinib ketdi — ibroniychada Palax ismining maʼnosi — boʻlinib ketdi. Bu gapda Xudo insoniyatni turli millat va tillarga boʻlgani, ularni butun yer yuzi boʻylab tarqatib yuborgani nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (Ibtido 11:1-9 ga qarang). Palax soʻzining oʻzagi boʻlgan ibroniycha feʼl Zabur 54:10 da ishlatilgan. Oʻsha oyatda sano ijodkori Xudodan dushmanlarning gapini chalkashtirishni (yaʼni boʻlib tashlashni) soʻragan.. Ikkinchisining ismi Yoxton edi.
26Yoxtonning nasli: Elmoʻdod, Shalaf, Xazormavat, Yorax, 27Hadoram, Uzol, Dikla, 28Obal, Abumayl, Shava, 29Ofir, Xavila, Yoʻvov va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
Yoxtonning nasli mana shular edi. 30Bu xalqlar yashagan hudud Meshadan tortib, sharqdagi Safor qirlari tomongacha choʻzilgan edi.
31Somning nasli ana shulardan iborat edi. Bu xalqlar har xil qabilalarga va yurtlarga boʻlindilar, har bir qabilaning oʻz tili bor edi.
32Nuhning oʻgʻillaridan paydo boʻlgan nasllar, nasabnomasi boʻyicha, alohida–alohida xalqlar sifatida roʻyxat qilingan edi. Toʻfondan keyin yer yuzida mana shu xalqlar oʻrnashdi.

Šiuo metu pasirinkta:

Ibtido 10: O‘zbMK

Paryškinti

Dalintis

Kopijuoti

None

Norite, kad paryškinimai būtų įrašyti visuose jūsų įrenginiuose? Prisijunkite arba registruokitės