Yuhanno 7
7
7–BOB
Iso va ukalari
1Shundan keyin Iso Jalila hududini keza boshladi. U Yahudiyani kezishni xohlamagan edi, chunki u yerdagi yahudiylar Uni oʻldirishga qasd qilgan edilar. 2Yahudiylarning Chayla bayrami#7:2 Chayla bayrami — bu bayram kuzda yigʻim–terim tugagan paytga toʻgʻri keladi. yaqinlashayotgan edi. 3Ukalari Isoga shunday deyishdi:
— Bu yerdan chiqib Yahudiyaga boring. Qilayotgan ishlaringizni shogirdlaringiz ham koʻrishsin. 4El nazariga tushaman degan bironta odam yashirincha ish qilmaydi–ku! Bunday ishlarni qilar ekansiz, Oʻzingizni dunyoga taniting!
5Hatto ukalari ham Unga ishonmas edilar. 6Iso ukalariga shunday dedi:
— Mening vaqt–soatim hali kelgani yoʻq. Lekin sizlar uchun har vaqt qulaydir. 7Dunyo sizlardan nafratlana olmaydi, lekin Mendan nafratlanadi. Chunki Men uning qilmishlari yomon ekanligini yuziga solaman. 8Mayli, sizlar bayramga boringlar. Men hozircha bu bayramga bormayman, chunki Mening vaqtim hali kelgani yoʻq.
9Shu soʻzlarni aytib, Iso Jalilada qoldi.
Iso Quddusda Chayla bayramida
10Isoning ukalari bayramga ketganlaridan keyin, Isoning Oʻzi ham hech kimga bildirmay, yashirincha bayramga bordi. 11Yahudiylar esa Isoni bayramda qidirar, “U qayoqda?” deb soʻrar edilar. 12Omma orasida Iso toʻgʻrisida har xil gap–soʻzlar yoyilgan edi. Baʼzilar: “U yaxshi odam”, desalar, boshqalar: “Yoʻq, U xalqni yoʻldan ozdiryapti”, deyishardi. 13Biroq yahudiylardan qoʻrqqanlari uchun U haqda hech kim ochiq gapirmas edi.
14Bayramning yarmi oʻtganda, Iso Maʼbadga kirib, taʼlim bera boshladi. 15Uni eshitgan yahudiylar hayron qolib deyishdi:
— Bu Odam oʻqimagan boʻlsa, qayerdan shuncha narsani biladi?!
16Iso ularga javoban dedi:
— Men oʻrgatayotgan taʼlimot Oʻzimniki emas, balki Meni Yuborgannikidir. 17Kim Xudoning irodasini bajarishni istasa, bu taʼlimot Xudodanmi yoki Oʻzimdanmi, bilib oladi. 18Kim oʻz nomidan gapirsa, oʻziga shuhrat izlaydi. Kim uni yuborganga shuhrat izlasa, haqiqatni soʻzlaydi, uning dilida hiyla boʻlmaydi. 19Qonunni sizlarga Muso berdi, shunday emasmi? Ammo birortangiz qonunni bajarmaysiz. Nega Meni oʻldirmoqchisizlar?
20— Seni jin uribdi! Kim Seni oʻldirmoqchi ekan? — dedi xaloyiq. 21Iso esa Oʻz soʻzida davom etdi:
— Men Shabbat kuni bitta moʻjiza qilganim#7:21 Men Shabbat kuni bitta moʻjiza qilganim… — 5:1-18 ga qarang. uchun hammalaringiz hayron qolyapsizlar. 22Oʻzlaringiz esa, Musoning qonuniga amal qilaylik deb, Shabbat kuni oʻgʻil bolani sunnat qilasizlar–ku! Aslida, sunnat odati#7:22 sunnat odati — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Sunnat yahudiylarning Xudoga sodiqligini va Uning tanlagan xalqiga tegishli ekanini koʻrsatadi. Musodan emas, Ibrohim davridan qolgan. 23Musoning qonuni buzilmasin deb, sizlar hatto Shabbat kuni ham oʻgʻil bolani sunnat qilsangizlar, nega Mendan gʻazablanasizlar?! Shabbat kuni odamni butunlay sogʻaytirganim uchunmi?! 24Yuzaki hukm qilmanglar, hukmingiz adolatli boʻlsin.
Isoning kimligi haqida gumonlar
25Baʼzi Quddusliklar shunday deyishardi:
— Yoʻlboshchilarimiz oʻldirmoqchi boʻlgan Odam shu emasmi? 26Mana, U hammaning oldida soʻzlayapti, Unga qarshi hech kim hech narsa demayapti. Nahotki yoʻlboshchilarimiz Uni Masih deb tan olishgan boʻlsa?! 27Ammo bu Odamning qayerdanligini hammamiz bilamiz, Masih kelganda esa, Uning qayerdanligini hech kim bilmaydi.
28Iso Maʼbadda taʼlim berar ekan, baland ovozda shunday dedi:
— Ha, sizlar Mening kimligimni ham, qayerdanligimni ham bilasizlar. Lekin Men Oʻzimcha kelganim yoʻq. Meni Yuborgan bor, sizlar esa Uni tanimaysizlar. U haqdir. 29Men Uni bilaman, chunki Men Uning oldidan kelganman, U Meni yuborgan.
30Bu gapi uchun Isoni qoʻlga olmoqchi boʻldilar. Biroq hech kim Unga qoʻl tekkizmadi, chunki Uning vaqt–soati hali kelmagan edi. 31Shu bilan birga, xalq orasidagi koʻp odamlar Unga imon keltirdi. Ular:
— Masih kelsa ham, baribir bunchalik koʻp moʻjizali alomatlar koʻrsata olmaydi! — deyishardi.
Isoni tutib olmoqchilar
32Odamlar Iso toʻgʻrisida shunday deb pichirlashayotganini farziylar eshitib qolishdi. Shunda bosh ruhoniylar#7:32 bosh ruhoniylar — jamiyatning boshqa eʼtiborli odamlari qatorida Oliy kengash aʼzolari edilar. Oliy kengash yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BOSH RUHONIYLAR iborasiga qarang. bilan farziylar Isoni qoʻlga olish uchun Maʼbad mirshablarini#7:32 Maʼbad mirshablari — Maʼbadni qoʻriqlash va u yerda tartib saqlash uchun masʼul boʻlgan yahudiy harbiylari. yuborishdi.
33Iso dedi:
— Men sizlar bilan qisqa bir muddat boʻlib, yana Meni Yuborganning oldiga qaytib boraman. 34Sizlar Meni izlaysizlar–u, lekin topolmaysizlar. Men boradigan joyga sizlar borolmaysizlar.
35Buni eshitgan yahudiylar oʻzaro shunday deb aytishardi:
— U qayerga bormoqchiki, biz Uni topa olmasak? Balki U boshqa yurtlarda yashaydigan yahudiylar orasiga bormoqchidir? Gʻayriyahudiylarga#7:35 …boshqa yurtlarda…Gʻayriyahudiylarga… — yunoncha matnda …yunonlar orasida…Yunonlarga…. Oʻsha davrda yunonlar soʻzi nafaqat millati yunon boʻlgan, balki yunon tilida soʻzlashuvchi, yunon urf–odatlariga rioya qiluvchi odamlarga nisbatan ham ishlatilgan. Bu oʻrinda yahudiylarning Xudosiga sajda qilgan gʻayriyahudiylar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (12:20 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). ham taʼlim bermoqchidir? 36“Sizlar Meni izlaysiz–u, lekin topolmaysizlar, Men boradigan joyga sizlar borolmaysizlar” degan gaplari bilan nima aytmoqchi ekan?
Hayotbaxsh suv va Ruh haqida
37Chayla bayramining oxirgi, ulugʻ kunida Iso turib, baland ovozda xitob qildi:
— Kim chanqagan boʻlsa, Mening oldimga kelib ichsin. 38Shunda Muqaddas bitiklarda aytilganidek, Menga ishongan odamning ichidan hayotbaxsh suv daryo boʻlib oqib chiqadi.
39Iso shunday deganda, Muqaddas Ruhni nazarda tutgan edi. Unga ishonganlar Ruhni qabul qilib olishlari kerak edi. Lekin Ruh hanuz berilmagan edi, chunki Iso hali ulugʻlanmagan edi.
Iso tufayli xalq boʻlinadi
40Olomon ichidan baʼzilari bu soʻzlarni eshitib shunday dedilar:
— Haqiqatan ham bu Odam biz kutgan paygʻambar#7:40 biz kutgan paygʻambar — 1:21 ning ikkinchi izohiga qarang. ekan.
41Boshqalari:
— Bu Masih, — deyishsa, yana boshqalari shunday deyishardi:
— Masih Jaliladan kelmaydi–ku! 42Muqaddas bitiklarda, Masih Dovudning urugʻidan kelib chiqadi, U Dovud yashagan Baytlahm qishlogʻida tugʻiladi, deb aytilmaganmi?!#7:42 Muqaddas bitiklarda…deb aytilmaganmi?! — Mixo 5:2 ga qarang.
43Shu tariqa Iso tufayli xalq ikkiga boʻlindi. 44Baʼzilar Uni qoʻlga olmoqchi boʻlishdi, ammo hech kim Unga qoʻl tekkizmadi.
45Shu payt Maʼbad mirshablari bosh ruhoniylarning va farziylarning oldiga qaytib kelishdi.
— Nega Uni olib kelmadingizlar? — deb soʻrashdi ulardan.
46— Hech kim hech qachon bu Odamday gapirmagan, — dedi mirshablar.
47— Mabodo U sizlarni ham yoʻldan urmadimi? — deyishdi farziylar. 48— Bosh ruhoniylar bilan farziylar orasida Unga ishongan bironta odam ham yoʻq! 49Tavrotni bilmagan oʻsha qalangʻi–qasangʻilar esa shundoq ham laʼnat ostida qolgan!
50Shunda farziylardan biri, ilgari Isoning oldiga borgan Nikodim#7:50 Nikodim — 3:1-15 ga qarang. shunday savol berdi:
51— Qonunimizga koʻra, nahotki biz odamni eshitmay turib, uning aybini topmasdan uni hukm qila olsak?!
52— Sen ham Jaliladan boʻlsang kerak–a? Muqaddas bitiklarni oʻrganib chiq, Jaliladan paygʻambar chiqmasligi aniq, — deyishdi unga#7:52 Yuhanno kitobining eng qadimgi yunon qoʻlyozmalari va tarjimalari 7:53-8:11 ni oʻz ichiga olmagan..
53Shundan keyin hammalari uy–uylariga tarqalib ketdilar.
Currently Selected:
Yuhanno 7: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: