Ibtido 5
5
5–BOB
Odam Atoning nasli
1Odam Atoning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:
Xudo inson zotini yaratganda, ularni Oʻziga oʻxshagan qilib yaratgan edi. 2Xudo insonlarni erkak va ayol qilib yaratdi. Xudo ularni yaratgandan keyin Inson deb nom qoʻyib, ularga baraka berdi.
3Odam Ato 130 yoshida oʻgʻil koʻrgan edi#5:3 …oʻgʻil koʻrgan edi — ibroniycha matnda bu jumla uning naslida oʻgʻil tugʻilgan edi degan maʼnoni ham anglatishi mumkin. Odatda Muqaddas Kitobda berilgan nasabnomalarda hamma nasllarning toʻliq roʻyxati berilmay, faqat maʼlum bir avlodning maʼlum bir ajdoddan kelib chiqqani koʻrsatiladi.. Oʻgʻli otasining suratiday boʻlib, unga oʻxshagan edi. Odam Ato oʻgʻliga Shis deb ism qoʻygan edi. 4Shis tugʻilgandan keyin, Odam Ato 800 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi. 5Odam Ato 930 yoshida olamdan oʻtdi.
6Shis 105 yoshida oʻgʻli Enoʻshni koʻrgan edi#5:6 …oʻgʻli…koʻrgan edi — bu oyatda hamda shu bobning 7-26–oyatlarida ishlatilgan bu ibroniycha jumla uning naslida…tugʻilgan edi degan maʼnoni ham anglatishi mumkin (shu bobning 3–oyati izohiga qarang).. 7Enoʻsh tugʻilgandan keyin, Shis 807 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi. 8Shis 912 yoshida olamdan oʻtdi.
9Enoʻsh 90 yoshida oʻgʻli Xenanni koʻrdi. 10Xenan tugʻilgandan keyin, Enoʻsh 815 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi. 11Enoʻsh 905 yoshida olamdan oʻtdi.
12Xenan 70 yoshida oʻgʻli Maxaliyolni koʻrdi. 13Maxaliyol tugʻilgandan keyin, Xenan 840 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi. 14Xenan 910 yoshida olamdan oʻtdi.
15Maxaliyol 65 yoshida oʻgʻli Yoredni koʻrdi. 16Yored tugʻilgandan keyin, Maxaliyol 830 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi. 17Maxaliyol 895 yoshida olamdan oʻtdi.
18Yored 162 yoshida oʻgʻli Xanoʻxni#5:18 Xanoʻx — sharq yozma adabiyotida Idris paygʻambar deb eʼtirof etilgan. koʻrdi. 19Xanoʻx tugʻilgandan keyin, Yored 800 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi. 20Yored 962 yoshida olamdan oʻtdi.
21Xanoʻx 65 yoshida oʻgʻli Matushalohni koʻrdi. 22Matushaloh tugʻilgandan keyin, Xanoʻx 300 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi. U umr boʻyi Xudoga hamroh boʻlib yashadi. 23Xanoʻx 365 yil umr koʻrdi. 24U butun umri davomida Xudoga hamroh boʻlib yashab, oxiri, gʻoyib boʻlib qoldi, chunki Xudo uni olib ketgan edi.
25Matushaloh 187 yoshida oʻgʻli Lamakni koʻrdi. 26Lamak tugʻilgandan keyin, Matushaloh 782 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi. 27Matushaloh 969 yoshida olamdan oʻtdi.
28Lamak 182 yoshida bir oʻgʻil koʻrdi. 29Lamak: “Egamiz bu yerni laʼnatlagan, endi yerga ishlov berganimizda, ogʻir ishlarimizni shu bola yengillashtirsin”, deb oʻgʻlining otini Nuh#5:29 Nuh — bu ism ibroniychadagi yengil tortmoq soʻziga ohangdosh. qoʻydi. 30Nuh tugʻilgandan keyin, Lamak 595 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi. 31Lamak 777 yoshida olamdan oʻtdi.
32Nuh 500 yoshdan oʻtgandan keyin Som, Xom va Yofas degan oʻgʻillarini koʻrdi.
S'ha seleccionat:
Ibtido 5: O‘zbMK
Subratllat
Comparteix
Copia
Vols que els teus subratllats es desin a tots els teus dispositius? Registra't o inicia sessió
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020