Yuhanno 4
4
4–BOB
Iso va Samariyalik ayol
1-3Iso Yahyodan koʻra, koʻproq shogird orttirib, suvga choʻmdiryapti degan xabar farziylarning qulogʻiga yetib bordi. Vaholanki, xalqni Isoning Oʻzi emas, shogirdlari suvga choʻmdirayotgan edilar. Bu xabar farziylarning qulogʻiga yetib borganini Iso eshitgach, Yahudiyani tark etib, yana Jalilaga yoʻl oldi. 4Yoʻlda U Samariyadan oʻtishi kerak edi. 5Shunday qilib, U Samariyaning Sixar degan shahriga keldi. Bu shahar Yoqub#4:5 Sixar…Yoqub — Sixar shahri Shakam yaqinida boʻlgan. Ibrohimning nabirasi Yoqub Shakamga yaqin joydan yer sotib olgan edi (Ibtido 33:18-19 ga qarang). Keyinchalik bu yer Yusufning avlodlariga ulush qilib berilgan (Yoshua 24:32 ga qarang). oʻz oʻgʻli Yusufga bergan yerga yaqin edi. 6Yoqubning qudugʻi ham oʻsha yerda edi.
Yoʻl yurib charchagan Iso quduqning yoniga oʻtirdi. Taxminan tush payti#4:6 tush payti — yunoncha matnda oltinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga koʻra, kunning bu payti oʻsha soat bilan belgilanar edi. edi. 7Shu vaqt Samariyalik bir ayol suv olgani kelib qoldi. Iso unga:
— Menga ichgani suv ber, — dedi. 8Isoning shogirdlari esa ovqat sotib olish uchun shaharga ketgan edilar.
9Samariyalik ayol Unga shunday dedi:
— Siz yahudiy boʻlsangiz, men esa Samariyalik ayol boʻlsam, qanday qilib mendan suv soʻrashga jurʼat etdingiz?!#4:9 …Samariyalik ayol boʻlsam, qanday qilib mendan suv soʻrashga jurʼat etdingiz?! — yahudiylar Samariyaliklardan hazar qilishar edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SAMARIYALIK soʻziga qarang. Erkak kishining begona ayol bilan gaplashishi ham odatiy hol emas edi (shu bobning 27–oyatiga qarang).
Nega desangiz, yahudiylar Samariyaliklar bilan aloqa qilmaydilar.
10Iso ayolga dedi:
— Xudo senga qanday inʼom bermoqchi ekanligini va sendan suv soʻragan Odam kim ekanligini sen bilmaysan. Bilganingda edi, oʻzing Undan suv soʻragan boʻlar eding va U senga hayotbaxsh suvni bergan boʻlardi.
11— Taqsir! — dedi ayol, — Sizda suv oladigan hech narsangiz yoʻq–ku, quduq esa chuqur. Hayotbaxsh suvingizni qayerdan olasiz? 12Bu quduqni bizga bobokalonimiz Yoqub bergan. Uning oʻzi ham, bolalari ham, chorvasi ham bu quduqdan suv ichgan. Nahotki Siz Yoqubdan ham ustun boʻlsangiz?!
13Iso ayolga shunday javob berdi:
— Bu suvdan kim ichsa, yana chanqab qoladi. 14Lekin Men beradigan suvdan kim ichsa, abadiy chanqamaydi. Men beradigan suv oʻsha odamning vujudida buloqqa aylanib, to abad hayot sari joʻshib oqadi.
15— Taqsir, bu suvdan menga ham bering. Men ham hech qachon chanqamayin, suv olgani bu yerga kelavermayin, — dedi ayol.
16— Borib, eringni bu yerga chaqirib kel, — dedi Iso.
17— Mening erim yoʻq, — dedi ayol.
— Erim yoʻq, deb sen toʻgʻrisini aytding, — dedi Iso. 18— Sening besh nafar ering boʻlgan, hozirgisi ham ering emas. Sen toʻgʻrisini aytding!
19— Hazrat#4:19 Hazrat — yunoncha matnda kurios. Bu oʻrinda obroʻ–eʼtiborli insonga nisbatan ishlatiladigan soʻz sifatida qoʻllangan (shu bobning 11, 15–oyatlarida taqsir soʻzi bilan tarjima qilingan). Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan RABBIY, RABBIM, RABBIMIZ… soʻziga qarang., Siz paygʻambar ekaningizni koʻrib turibman, — dedi ayol. 20— Ota–bobolarimiz Xudoga bu togʻda#4:20 bu togʻ — Garizim togʻi nazarda tutilgan. Xudoga sajda qilishga eng munosib joy qayerda ekanligi haqida yahudiylar va Samariyaliklar oʻrtasida anchadan beri qizgʻin bahs borardi. Samariyaliklarning aytishi boʻyicha, Xudoga sajda qilish uchun eng munosib boʻlgan joy Quddusdagi Sion togʻi emas, balki ular tabarruk hisoblagan Garizim togʻidir. Ayol “ota–bobolarimiz” deganda oʻsha yerda qurbongoh qurgan va Xudoga sajda qilgan Ibrohim va Yoqubni nazarda tutgan (Ibtido 12:6-7, 33:18-20 ga qarang). Samariyaliklarning Tavrotiga koʻra, Muso xalqqa Ebal togʻida emas, balki Garizim togʻida qurbongoh qurishni buyurgandi (Qonunlar 27:2-7 ga qarang). Samariyaliklar oʻzlarining bu qarashlarini mana shu oyatlar bilan asoslamoqchi boʻlardilar. Ular taxminan miloddan oldingi 400 yilda Garizim togʻida maʼbad qurganlar. Bu maʼbadni yahudiylar taxminan miloddan oldingi 128 yilda buzib tashlaganlar. Buning oqibatida yahudiylar va Samariyaliklar orasidagi dushmanlik yanada kuchaygan. sajda qilar edilar. Ammo sizlar — yahudiylar esa Xudoga sajda qilinadigan joy Quddusda, deysizlar.
21Iso unga dedi:
— Ey ayol, Menga ishongin, shunday vaqt keladiki, oʻshanda osmondagi Otaga na bu togʻda, na Quddusda sajda qilasizlar. 22Sizlar — Samariyaliklar kimga sajda qilayotganingizni bilmaysizlar#4:22 Sizlar…kimga sajda qilayotganingizni bilmaysizlar… — Samariyaliklarning Xudo haqidagi tushunchasi cheklangandi, chunki ular Eski Ahdni toʻligʻicha qabul qilmasdilar. Ularning Muqaddas bitiklari faqatgina Tavrotdan iborat edi., biz esa kimga sajda qilayotganimizni bilamiz. Chunki najot yahudiylardan keladi. 23Ammo shunday vaqtlar keladiki, haqiqiy sajda qiluvchilar Otaga Ruhda va haqiqatda sajda qiladilar. Bunday vaqt keldi ham! Ota shu yoʻsinda Oʻziga sajda qiluvchilarni izlaydi. 24Xudo Ruhdir, Unga sajda qiluvchilar ham Muqaddas Ruh boshchiligida, haqiqatni bilgan holda sajda qilishlari lozim.
25Ayol Isoga:
— Men Masih kelishini bilaman. U kelganda, hamma narsani bizga tushuntiradi, — dedi. (Masih “Xudoning tanlagani” demakdir.)
26Iso ayolga dedi:
— Oʻsha Menman. Sen bilan gaplashib turibman.
27Shu paytda Isoning shogirdlari kelib qolishdi. Uning bir ayol bilan gaplashayotganini koʻrib hayron boʻlishdi. Lekin birortasi ham: “Nima xohlaysiz?” yoki: “Nimaga bu ayol bilan gaplashyapsiz?” deb soʻramadi.
28Ayol koʻzasini oʻsha yerda qoldirdi–da, shaharga borib, odamlarga dedi:
29— Yuringlar, bir Odamni koʻringlar. U mening qilgan hamma ishlarimni aytib berdi! Oʻsha Masih emasmikin?
30Odamlar shahardan chiqib, Isoning oldiga bordilar.
31Shu orada shogirdlari Isoga:
— Ustoz, ovqat yeb oling, — deb taklif qildilar. 32Ammo Iso ularga dedi:
— Mening yeydigan ovqatim bor, sizlar bu ovqat toʻgʻrisida bilmaysizlar.
33Shogirdlari oʻzaro gaplashib: “Biron kishi Unga ovqat keltirganmikin?” deb aytishardi. 34Iso ularga dedi:
— Mening ovqatim — Meni Yuborganning irodasini ado etish, Uning ishini tugatishdir. 35Sizlar: “Ekinlar toʻrt oyda yetiladi” degan iborani ishlatasizlar. Men esa sizlarga aytaman: koʻzlaringizni ochinglar! Ekinzorlarga qaranglar! Hosil yetilgan, oʻrim–yigʻimga tayyor boʻlgan. 36Oʻroqchi hozirdan yaxshi daromad olmoqda, abadiy hayot uchun hosil yigʻmoqda. Toki hosilni ekkan va oʻrgan birga quvonishsin. 37“Biri ekadi, boshqasi oʻradi” degan maqol shu vaziyatga toʻgʻri keladi. 38Men sizlarni oʻzingiz mehnat qilib ekmagan hosilni oʻrgani yubordim. Boshqalar mehnat qilgan edilar, sizlar esa ularning mehnatidan foydalanasizlar.
39Shundan keyin oʻsha shaharda yashovchi talay Samariyaliklar Isoga imon keltirishdi. Ular haligi ayolning “U mening qilgan hamma ishlarimni aytib berdi” degan guvohligiga ishongan edilar. 40Shunday qilib, Samariyaliklar Isoning oldiga kelib: “Biz bilan qoling”, deb Isoga yolvorishdi. Iso ikki kun oʻsha yerda qoldi. 41Isoning aytgan soʻzlari tufayli koʻp odamlar imon keltirdi. 42Shunda ular ayolga dedilar:
— Endi sening soʻzlaring tufayligina ishonayotganimiz yoʻq. Uni oʻzimiz ham eshitdik. U haqiqatan ham olamning Najotkori ekanligiga amin boʻldik#4:42 …olamning Najotkori ekanligiga amin boʻldik — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida olamning Najotkori — Masih ekanligiga amin boʻldik..
Iso amaldorning oʻgʻlini sogʻaytiradi
43Ikki kundan keyin Iso u yerdan Jalila hududiga joʻnab ketdi. 44U: “Paygʻambar oʻz yurtida eʼtibor topmaydi”, deb taʼkidlagandi. 45Jalilaga kelganda esa, aholi Uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Chunki ular Fisih bayrami uchun Quddusga borganlarida, u yerda Isoning qilgan hamma ishlarini koʻrgan edilar.
46Shunday qilib, Iso yana Jaliladagi Kaʼna qishlogʻiga keldi. Bu yerda U suvni sharobga aylantirgan edi. Oʻsha paytda Kafarnahum shahrida bir saroy amaldorining#4:46 saroy amaldori — Hirod Antipasning amaldorlaridan biri boʻlishi mumkin. Hirod Antipas Jalila va Pereya hududlarida hukmronlik qilgan. oʻgʻli kasal boʻlib yotgan edi. 47Bu odam Isoning Yahudiyadan Jalilaga kelganligini eshitib, Uning oldiga bordi. Isoga:
— Yuring, oʻlim toʻshagida yotgan oʻgʻlimga shifo bering, — deb yolvordi.
48— Sizlar alomatu moʻjizalar koʻrmaguncha ishonmaysizlar! — dedi unga Iso.
49— Yura qoling Hazrat, oʻgʻilginam oʻlib qolmasin! — dedi saroy amaldori Unga.
50— Siz boravering. Oʻgʻlingiz sogʻ–salomat, — dedi Iso.
U odam Isoning aytganiga ishonib, joʻnab ketdi. 51U hamon yoʻlda ekan, xizmatkorlari unga peshvoz chiqib:
— Oʻgʻlingiz sogʻ–salomat, — degan xabar keltirdilar.
52— Qaysi soatda ahvoli yengillashdi? — deya soʻradi u.
— Kecha tushda, soat birlarda#4:52 soat birlarda — yunoncha matnda yettinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga koʻra, kunning bu payti oʻsha soat bilan belgilanar edi. isitmasi tushdi, — deyishdi xizmatkorlar.
53“Oʻgʻlingiz sogʻ–salomat” degan soʻzlarni Iso aynan oʻsha vaqtda aytganini bolaning otasi angladi. Shunda oʻzi va butun xonadoni Isoga imon keltirdi.
54Bu esa Isoning Yahudiyadan Jalilaga kelib koʻrsatgan ikkinchi moʻjizali alomati edi.
S'ha seleccionat:
Yuhanno 4: O‘zbMK
Subratllat
Comparteix
Copia
Vols que els teus subratllats es desin a tots els teus dispositius? Registra't o inicia sessió
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: