Yuhanno 5
5
5–BOB
Iso sholni sogʻaytiradi
1Bu hodisalardan keyin Iso yahudiylarning bayramini nishonlash uchun Quddusga bordi. 2Quddusning Qoʻy darvozasi yonida bir hovuz bor edi. Bu hovuzning oramiycha#5:2 oramiycha — bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz ibroniy tilini yoki oramiy tilini bildirishi mumkin. Oʻsha paytda qadimgi Falastinda yashagan yahudiylar odatda oramiy tilida gaplashar edilar. nomi Baytzada#5:2 Baytzada — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Baythasda. boʻlib, beshta ayvoni bor edi. 3-4Bu ayvonlarda koʻr, choʻloq va shol boʻlgan koʻp nogironlar yotar edi#5:3-4 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar 3–oyatning oxiri va 4–oyatni tashkil etib, qoʻshimcha qilingan: Ular suvning qimirlashini intizor boʻlib kutar edi. 4 Chunki Egamizning bir farishtasi goh–goh hovuzga tushib, suvni harakatga keltirar edi. Suv qimirlashi bilan hovuzga birinchi boʻlib kim tushsa, har qanday xastalikdan xalos boʻlar edi.. 5Bu yerda oʻttiz sakkiz yildan beri nogiron boʻlib yotgan bir kishi bor edi. 6Iso uning yotganini koʻrdi, u uzoq vaqtdan beri xasta ekanligini Iso bilardi. Shuning uchun undan:
— Sogʻayishni istaysanmi? — deb soʻradi. 7Nogiron odam Isoga shunday javob berdi:
— Taqsir, suv qimirlaganda meni hovuzga tushiradigan odam yoʻq. Men borgunimcha, boshqasi mendan oldin tushib oladi.
8Iso unga shunday dedi:
— Oʻrningdan tur! Toʻshagingni olib, yur!
9Oʻsha odam shu zahoti sogʻayib ketdi. Toʻshagini olib, yura boshladi.
Bu hodisa Shabbat kuni sodir boʻldi. 10Shuning uchun yahudiylar sogʻayib ketgan odamga deyishdi:
— Bugun Shabbat kuni! Shu kuni toʻshakni koʻtarib yurish qonunda man etilgan!#5:10 Shu kuni toʻshakni koʻtarib yurish qonunda man etilgan! — farziylar Tavrotdagi qonunni (Chiqish 34:21, Yeremiyo 17:21-22, Naximiyo 13:15 ga qarang) oʻzlaricha jiddiy sharhlab, hatto inson hayotiga oid ikir–chikirlarni ham qonun darajasiga koʻtarganlar. Shuning uchun ular sogʻayib ketgan odam qilgan ishni Shabbat kuniga xilof ish deb hisoblaganlar. Yana Matto 12:9-12 ga qarang.
11U odam esa shunday javob berdi:
— Meni sogʻaytirgan Kishi menga: “Toʻshagingni olib, yur”, deb aytdi.
12— “Toʻshagingni olib, yur”, deb aytgan Odam kim? — deb soʻradilar. 13Shifo topgan odam esa Uning kimligini bilmas edi, u yerda xalq koʻpligidan Iso Oʻzini chetga olgan edi.
14Keyinroq Iso u odamni Maʼbadda uchratib qolib, unga dedi:
— Mana, sen sogʻayding. Endi gunoh qilma, tagʻin boshingga bundan battar kunlar kelmasin.
15Bu odam borib, uni sogʻaytirgan Iso ekanligini yahudiylarga aytdi. 16Ular esa, Isoni Shabbat kunida bunday ishlar qilib yurgani uchun quvgʻin qila boshladilar#5:16 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar oyatga qoʻshimcha qilingan: va Uni oʻldirish yoʻlini izlay boshladilar.. 17Ammo Iso ularga shunday dedi:
— Mening Otam shu kungacha Oʻz ishini qilib kelyapti, Men ham Oʻz ishimni qilyapman.
18Ana shu soʻzi uchun yahudiylar Isoni oʻldirishga yanada koʻproq harakat qilishdi. Chunki U nafaqat Shabbat qoidalarini buzdi, balki Xudoni Otam deb, Oʻzini Xudoga tenglashtirgan edi.
Oʻgʻilning hokimiyati
19Iso yahudiylarga shunday dedi: “Sizlarga chinini aytay: Oʻgʻil Oʻzidan–Oʻzi hech narsa qila olmaydi. Faqat Otasidan koʻrgan ishlarni qiladi. Osmondagi Ota nimalarni qilsa, Oʻgʻil ham xuddi shularni qiladi. 20Axir, Ota Oʻgʻlini yaxshi koʻradi, Oʻzi qilgan hamma ishlarni Oʻgʻliga koʻrsatadi. U Oʻgʻliga bundan ham buyukroq ishlarni koʻrsatadi, shunda hammangiz hayron qolasizlar. 21Ota oʻliklarni tiriltirib, ularga hayot baxshida etganday, Oʻgʻil ham istagan odamiga hayot baxsh etadi. 22Shuningdek, Ota hech kimni hukm qilmaydi, balki hukm qilish huquqini Oʻgʻliga bergan, 23toki hamma osmondagi Otani hurmat qilganday, Oʻgʻlini ham hurmat qilsinlar. Kim Oʻgʻilni hurmat qilmasa, Uni yuborgan Otani ham hurmat qilmagan boʻladi.
24Sizlarga chinini aytay: Mening soʻzlarimni tinglagan va Meni Yuborganga ishongan kishi abadiy hayotga egadir. U hukm qilinmaydi. Zotan, u oʻlimdan hayotga oʻtgan. 25Sizlarga chinini aytay: oʻliklar Xudo Oʻgʻlining#5:25 Xudo Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. ovozini eshitadigan vaqt keladi, kelib qoldi ham. Oʻgʻilning ovoziga quloq solganlar tiriladi. 26Zero, Otaning Oʻzi hayot manbai boʻlgani kabi, Oʻgʻliga ham hayot manbai boʻlish qudratini ato qildi. 27Bundan tashqari, samoviy Ota insonlarni hukm qilish hokimiyatini Oʻgʻliga berdi, chunki U Inson Oʻgʻlidir. 28Bunga hayron qolmanglar! Qabrda yotgan marhumlarning hammasi Inson Oʻgʻlining ovozini eshitadigan vaqt keladi. 29Shunda oʻliklar qabrlaridan chiqadilar: yaxshilik qilganlar yashash uchun tiriladi, yomonlik qilganlar esa mahkum boʻlish uchun tiriladi.
Iso haqida Xudoning bergan guvohligi
30Men Oʻzimdan Oʻzim hech narsa qilolmayman. Osmondagi Otam Menga qanday aytsa, shunday hukm qilaman, shuning uchun hukmim toʻgʻridir. Zotan, Men Oʻz irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini bajo keltirishni istayman. 31Agar Men Oʻzim haqimda Oʻzim guvohlik bersam, Mening guvohligim haqiqiy boʻlmaydi. 32Ammo Men haqimda guvohlik beruvchi boshqasi bor. Uning bergan guvohligi haqiqat ekanligini bilaman.
33Sizlar Yahyoning oldiga odam yubordingizlar, u haqiqat toʻgʻrisida guvohlik berdi. 34Garchi Men insonning guvohligiga muhtoj boʻlmasam–da, lekin bularni sizlar najot topishingiz uchun aytyapman. 35Yahyo goʻyo yonib turib, nur sochgan bir chiroqday edi. Sizlar esa uning nurida birpas quvonmoqchi boʻldingizlar. 36Biroq Men Yahyodan koʻra, kattaroq guvohlikka egaman. Guvohlik deb, Men tugatishim uchun osmondagi Otam bergan ishlarni nazarda tutyapman. Bularning hammasi Meni Otam yuborganidan dalolat beradi.
37Meni yuborgan Otamning Oʻzi ham Men haqimda guvohlik berib turibdi. Sizlar esa hech qachon Uning ovozini eshitmagansiz, qiyofasini ham koʻrmagansiz. 38Uning kalomi ham koʻnglingizdan joy olmadi, chunki sizlar U yuborgan Zotga ishonmayapsizlar. 39Sizlar Muqaddas bitiklarni#5:39 Muqaddas bitiklar — odatda Eski Ahd kitoblari toʻplami shu nom bilan ataladi. tekshirasizlar, chunki ular orqali abadiy hayotga ega boʻlamiz, deb oʻylaysizlar. Ammo oʻsha Yozuvlar Men toʻgʻrimda guvohlik beradi–ku! 40Sizlar esa hayotga ega boʻlish uchun oldimga kelishni istamaysizlar.
41Men insonlardan tahsin kutmayman. 42Lekin sizlarni bilaman, qalbingizda Xudoning sevgisi yoʻq. 43Men Otamning nomidan keldim, ammo sizlar Meni qabul qilmayapsizlar. Agar kimdir oʻz nomidan kelsa, uni qabul qilaverasizlar. 44Sizlar bir–biringizdan tahsinlar olishni yaxshi koʻrasizlar, lekin yagona Xudoning tahsiniga sazovor boʻlishga harakat qilmaysizlar. Qanday qilib ham Menga ishona olardingiz?! 45Men sizlarni Ota oldida ayblayman, deb oʻylamanglar. Sizlar Musoga umid bogʻlagansizlar. Musoning oʻzi sizlarni ayblaydi. 46Agar Musoga ishonganingizda edi, Menga ham ishongan boʻlar edingizlar. Axir, u Men haqimda yozgan edi. 47Musoning yozuvlariga ishonmagan boʻlsangiz, Mening soʻzlarimga qanday ishonasizlar?!”
S'ha seleccionat:
Yuhanno 5: O‘zbMK
Subratllat
Comparteix
Copia
Vols que els teus subratllats es desin a tots els teus dispositius? Registra't o inicia sessió
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: