Yuhanno 6
6
6–BOB
Iso 5000 kishini toʻydiradi
1Shundan keyin Iso qayiqda Jalila koʻlining narigi qirgʻogʻiga#6:1 …Jalila koʻlining narigi qirgʻogʻiga… — bu ibora koʻlning oʻsha qirgʻogʻidagi boshqa bir joyga qayiq bilan suzib borishni ham bildirishi mumkin. Iso aynan qayerda olomonga taom yetkazib bergani aniq emas. Anʼanaga koʻra, Iso bir necha ming kishini toʻydirgan bu joy koʻlning shimoli–gʻarb tomonida, Jaliladagi Baytsaydaga yaqin edi. suzib oʻtdi (Jalila koʻlini Tiberiyas koʻli deb ham atashardi). 2Bir talay xaloyiq Isoning orqasidan ergashib borardi. Chunki Iso moʻjizali alomatlar orqali xastalarni sogʻaytirganini ular koʻrgan edilar. 3U shogirdlari bilan toqqa chiqib oʻtirdi. 4Yahudiylarning Fisih bayrami yaqinlashayotgan edi.
5Iso qarasa, bir talay xaloyiq U tomonga kelayotgan ekan. Iso Filipdan:
— Bu odamlarni toʻygʻazish uchun qayerdan non sotib olamiz? — deb soʻradi. 6Iso bu gapni Filipni sinab koʻrish uchun aytayotgan edi, aslida nima qilishni Oʻzi bilar edi.
7Filip shunday javob berdi:
— Bularning har biriga bir burda non berish uchun ikki yuz kumush tangaga#6:7 ikki yuz kumush tanga — yunoncha matnda ikki yuz dinor. Dinor Rim kumush tangasi boʻlib, mardikorning bir kunlik ish haqi edi. non sotib olsak ham yetmaydi!
8Shunda shogirdlaridan biri, Butrusning#6:8 Butrus — yunoncha matnda Shimoʻn Butrus (shu bobning 68–oyatida ham bor). 1:40 izohiga qarang. ukasi Endrus Isoga dedi:
9— Bu yerdagi bir bolada beshta arpa non bilan ikkita baliq bor ekan. Lekin shuncha odamga bu nima ham boʻlar edi?!
10— Odamlarni yerga oʻtqazinglar, — dedi Iso.
U yer qalin maysazor edi. Odamlarning hammasi yerga oʻtirishdi. Olomon orasida taxminan besh mingga yaqin erkak bor edi. 11Iso nonlarni olib, shukrona duosini oʻqidi. Soʻng oʻtirganlarning hammasiga tarqatdi#6:11 …oʻtirganlarning hammasiga tarqatdi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida shogirdlariga, shogirdlar esa oʻtirganlarning hammasiga tarqatdi.. Baliqlarni ham xuddi shunday qildi. Odamlar istaganlaricha yedilar.
12Hammalari yeb toʻyganlaridan keyin, Iso shogirdlariga shunday dedi:
— Ortib qolgan non burdalarini yigʻib olinglar, isrof boʻlmasin.
13Shogirdlar yeyilgan beshta arpa nondan ortib qolgan burdalarni yigʻib olishdi, oʻn ikkita savat toʻldi. 14Shunda odamlar Isoning qilgan moʻjizali alomatini koʻrib:
— Haqiqatan ham dunyoga kelishi kerak boʻlgan paygʻambar#6:14 dunyoga kelishi kerak boʻlgan paygʻambar — 1:21 ning ikkinchi izohiga qarang. mana shu Kishi ekan, — dedilar. 15Ular Isoni zoʻrlik bilan shoh qilib koʻtarmoqchi boʻldilar. Buni bilgan Iso yolgʻiz Oʻzi toqqa chiqib ketdi.
Iso suv ustida yuradi
16Kechki payt Isoning shogirdlari koʻl boʻyiga bordilar. 17Qorongʻi tushgan, Iso esa hali ham ularning oldiga kelmagan edi. Shogirdlar qayiqqa tushib, koʻlning narigi tomonidagi#6:17 koʻlning narigi tomoni — shu bobning 1–oyati izohiga qarang. Kafarnahumga qarab yoʻl oldilar. 18Kuchli shamol esib, koʻl toʻlqinlanib ketayotgan edi. 19Ular qirgʻoqdan besh chaqirimcha#6:19 besh chaqirimcha — yunoncha matnda 25-30 stadion, taxminan 5-6 kilometrga toʻgʻri keladi. masofani suzganlaridan keyin, koʻl yuzida yurib kelayotgan Isoni koʻrishdi. U qayiqqa yaqinlashayotgan edi, shogirdlar qattiq vahimaga tushishdi.
20— Qoʻrqmanglar, bu Menman! — dedi ularga Iso.
21Ular Isoni qayiqqa olmoqchi boʻldilar. Oʻsha zahoti qayiq ular borayotgan qirgʻoqqa yetib toʻxtadi.
Iso — hayot noni
22Ertasi kuni xalq Isoni qidira boshladi. Odamlar u yerda faqat bir qayiq borligini va shogirdlar Isoni qoldirib, oʻzlari qayiqda suzib ketganlarini bilishardi. 23Shu payt Tiberiyasdan#6:23 Tiberiyas — Jalila koʻlining gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgan shahar. boshqa qayiqlar kelib qoldi. Qayiqlar toʻxtagan joy Rabbimiz Iso Oʻz shukrona duosini oʻqigan va xalq non yegan yerga yaqin edi. 24Odamlar Iso bilan shogirdlarining u yerda yoʻqligini koʻrgach, qayiqlarga tushib, Isoni qidirib Kafarnahumga suzib kelishdi. 25Ular Isoni koʻlning narigi boʻyidan#6:25 koʻlning narigi boʻyi — shu bobning 1–oyati izohiga qarang. topib, Undan soʻrashdi:
— Ustoz, Siz qachon bu yerga keldingiz?
26Iso ularga shunday javob berdi:
— Sizlarga chinini aytayin: sizlar moʻjizali alomatlarni koʻrganingiz uchun emas, balki non yeb toʻyganingiz uchun Meni qidiryapsizlar. 27Siz oʻtkinchi ozuqa uchun emas, abadiy hayotga boshlovchi boqiy ozuqa uchun harakat qilinglar. Bunday ozuqani sizlarga Inson Oʻgʻli beradi. Zotan, Otamiz Xudoning Oʻzi bu vazifa uchun Uni maʼqul deb topdi.
28Odamlar Isoga shunday savol berishdi:
— Xudoga maʼqul ishlarni bajarish uchun nima qilishimiz kerak?
29Iso dedi:
— Xudoga maʼqul ish qilmoqchi boʻlsangizlar, Xudo yuborgan Zotga ishoninglar.
30Ular Isoga javoban shunday dedilar:
— Sizga ishonishimiz uchun birorta alomat koʻrsating. Qani, biz uchun nima ish qilasiz? 31Axir, ota–bobolarimiz sahroda manna#6:31 manna — Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin to Kanʼon yurtiga kirguncha, Xudo ularga yetkazib turgan maxsus yegulik. Manna, Shabbat kunidan tashqari, har kuni kechasi yerga yogʻilardi, odamlar saharda turib, uni yigʻib olishardi (Chiqish 16:13-35, Yoshua 5:12 ga qarang). yeganlar. Muqaddas bitiklarda: “Xudo ularga yesin deb, osmondan non berdi”#6:31 Zabur 77:24 ga qarang., deb yozilgan–ku.
32Iso ularga dedi:
— Sizlarga chinini aytayin, sizlarga osmondan non bergan Muso emas. Osmondan tushgan haqiqiy nonni sizlarga Mening Otam beradi. 33Otam Xudo beradigan non osmondan tushib, dunyoga hayot baxsh etadi.
34Odamlar Isoga shunday dedilar:
— Hazrat, bunday nonni bizga doim berib turing!
35Iso javoban dedi:
— Men hayot noniman. Mening oldimga kelgan odam sira och qolmaydi, Menga ishongan odam hech qachon chanqamaydi. 36Ammo Men sizlarga aytganimday, sizlar Meni koʻrgan boʻlsangizlar ham, ishonmayapsizlar. 37Samoviy Otam Menga bergan har bir odam Mening oldimga keladi. Oldimga kelgan bironta odamni Men aslo haydab yubormayman. 38Men Oʻz irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini ado etish uchun osmondan tushganman. 39Otamning irodasi shundan iboratki, U Menga berganlardan birontasining ham yoʻqolishiga Men yoʻl qoʻymasligim kerak, balki oxiratda ularning hammasini tiriltirishim kerak. 40Ha, Oʻgʻilga koʻz tikkan va Unga ishongan har bir odam abadiy hayotga ega boʻlishi Otamning irodasidir. Men bunday odamlarni oxiratda tiriltiraman.
41Iso: “Men osmondan tushgan nonman” degani uchun yahudiylar Undan norozi boʻla boshlashdi. 42Ular oʻzaro shunday deb aytishardi:
— Bu Yusufning oʻgʻli Iso–ku! Ota–onasini taniymiz, qanday qilib: “Men osmondan tushdim”, deb aytishga haddi sigʻdi?!
43— Bunday gaplaringizni bas qilinglar! — dedi ularga Iso. 44— Agar Meni yuborgan Ota birovni jalb qilmasa, u Menga kelolmaydi. Oldimga kelgan odamni esa Men oxiratda tiriltiraman. 45Paygʻambarlar bitiklarida: “Ularning hammasiga Xudo taʼlim beradi”#6:45 Ishayo 54:13 ga qarang., deb yozilgan. Otaga quloq solgan, Undan oʻrgangan har bir odam Mening oldimga keladi. 46Aslida hech kim hech qachon samoviy Otani koʻrgan emas, birgina Xudodan boʻlgan Zot Otani koʻrgan. 47Sizlarga chinini aytaman: kim Menga ishonsa, abadiy hayotga ega boʻladi. 48Men hayot noniman. 49Ota–bobolaringiz sahroda manna yegandilar, shunga qaramay oʻlib ketdilar. 50Ammo osmondan tushadigan bu non esa shunday xislatga egaki, undan yegan odam oʻlmaydi. 51Men osmondan tushgan hayotbaxsh nondirman. Bu nonni yegan kishi abadiy yashaydi. Dunyoga hayot baxshida etish uchun beradigan nonim Mening tanamdir.
52Shunda yahudiylar:
— U qanday qilib bizga Oʻzining tanasini yedira olar ekan? — deb oʻzaro talashib–tortisha boshladilar. 53Iso ularga dedi:
— Sizlarga chinini aytaman: agar Inson Oʻgʻlining tanasini yemasangizlar va Uning qonini ichmasangizlar, sizda hayot boʻlmaydi. 54Mening tanamni yegan va qonimni ichgan odam esa abadiy hayotga egadir. Men uni oxiratda tiriltiraman. 55Mening tanam — haqiqiy ozuqa, qonim haqiqiy ichimlikdir. 56Tanamni yeb, qonimni ichadigan odam Menda, Men esa unda yashayman. 57Modomiki, Meni barhayot Ota yuborgan ekan, Men Ota tufayli yashayman. Mening tanamni yegan har bir odam esa Men tufayli yashaydi. 58Osmondan tushgan non mana shudir. Bu non ota–bobolaringiz yegan mannaga oʻxshamaydi, ular manna yeb oʻlib ketganlar. Men bergan nonni yegan odam esa abadiy yashaydi.
Abadiy hayot baxsh etuvchi soʻzlar
59Iso bu soʻzlarni Kafarnahumdagi sinagogada taʼlim berayotganda aytgan edi. 60Uning koʻplab shogirdlari bu gaplarni eshitib:
— Qanchalik qattiq soʻzlar! Bularni kim hazm qila oladi?! — deyishar edi. 61Shogirdlari norozi boʻlganlarini Iso bilardi, shuning uchun U shunday dedi:
— Gaplarim jigʻingizga tegyaptimi? 62Agar sizlar Inson Oʻgʻlining asli kelgan joyiga — osmonga koʻtarilib ketayotganini koʻrsangizlar, nima der ekansizlar–a?! 63Xudoning Ruhi hayot baxsh etadi, insonning kuchi bilan esa hech narsaga erishib boʻlmaydi. Sizlarga aytgan bu soʻzlarimni Menga Xudoning Ruhi bergan, bu soʻzlarim sizlarga hayot ato qiladi. 64Shunga qaramay, orangizda Menga ishonmaganlar bor.
Holbuki, Iso kimlar ishonmaganini va kim Unga xiyonat qilishini oldindan bilar edi.
65Iso gapida davom etdi:
— Shu sababdan Men sizlarga: “Osmondagi Otam yoʻl qoʻymasa, hech kim Mening oldimga kelolmaydi”, — degan edim.
66Oʻsha vaqtdan boshlab koʻp shogirdlar Isodan yuz oʻgirib, Unga ergashmaydigan boʻldilar. 67Shunda Iso oʻn ikki shogirdidan:
— Sizlar ham ketmoqchimisizlar? — deb soʻradi.
68Butrus shunday javob berdi:
— Hazrat, biz Sizdan boshqa kimga ham borar edik?! Abadiy hayot baxsh etuvchi soʻzlar Sizda–ku! 69Siz Xudoning Azizi#6:69 Xudoning Azizi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Masih — barhayot Xudoning Oʻgʻli. ekaningizga ishonchimiz komil.
70Iso ularga dedi:
— Men oʻn ikkitangizni tanlab oldim. Lekin orangizdagi bittangiz iblisdir!
71U Shimoʻn oʻgʻli Yahudo Ishqariyotni nazarda tutgan edi. Yahudo oʻn ikki shogirddan biri boʻlsa ham, keyinchalik Isoga xiyonat qildi.
S'ha seleccionat:
Yuhanno 6: O‘zbMK
Subratllat
Comparteix
Copia
Vols que els teus subratllats es desin a tots els teus dispositius? Registra't o inicia sessió
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: