1
Luqo 17:19
Muqaddas Kitob
Soʻng Iso teri kasalligidan poklangan odamga dedi: — Oʻrningdan turgin–da, boraver. Senga ishonching shifo berdi.
Paghambingin
I-explore Luqo 17:19
2
Luqo 17:4
Agar oʻsha odam bir kunning oʻzida sizga qarshi yetti marta gunoh qilsa–yu, yetti marta qaytib kelib, sizga: «Tavba qildim», desa, uni kechirib yuboring.”
I-explore Luqo 17:4
3
Luqo 17:15-16
Ulardan biri oʻzining shifo topganini koʻrib, baland ovozda Xudoni ulugʻlab orqaga qaytdi. Oʻzini Isoning oyoqlari ostiga tashlab, Unga minnatdorchilik bildirdi. Oʻsha odam Samariyalik edi.
I-explore Luqo 17:15-16
4
Luqo 17:3
Ehtiyot boʻlinglar! Agar birodaringiz gunoh qilsa, unga tanbeh bering. Agar tavba qilsa, uni kechiring.
I-explore Luqo 17:3
5
Luqo 17:17
Iso shogirdlariga dedi: — Teri kasalligidan poklangan oʻn kishi emasmidi?! Qolgan toʻqqiztasi qani?
I-explore Luqo 17:17
6
Luqo 17:6
Rabbimiz shunday javob berdi: “Agar zigʻirday imoningiz boʻlib, shu tut daraxtiga: — Ildizing bilan qoʻporilib chiq va dengizga koʻchib ildiz ot, — desangiz, daraxt sizga boʻysunadi.
I-explore Luqo 17:6
7
Luqo 17:33
Jonini saqlamoqchi boʻlgan uni yoʻqotadi. Jonini yoʻqotgan esa uni asrab qoladi.
I-explore Luqo 17:33
8
Luqo 17:1-2
Iso Oʻz shogirdlariga yana dedi: “Gunohga yetaklaydigan vasvasalar doimo keladi. Ammo vasvasaga sababchi boʻlgan odamning holiga voy! Bu kichiklarning birontasini gunohga boshlaganingizdan koʻra, boʻyningizga tegirmon toshini osib, sizni dengizga tashlashgani oʻzingiz uchun yaxshiroqdir.
I-explore Luqo 17:1-2
9
Luqo 17:26-27
Nuh davrida qanday boʻlgan boʻlsa, Inson Oʻgʻli keladigan davrda ham xuddi shunday boʻladi. Nuh kemaga kirgan kungacha insonlar yeb–ichdilar, uylandilar, turmushga chiqdilar. Toʻfon kelganda esa ularning hammasi nobud boʻldi.
I-explore Luqo 17:26-27
Home
Biblia
Mga Gabay
Mga Palabas